So’nggi yangiliklar

13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  0 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2

Vitaliy Ni: “Berdiev o'zimizga ham kerak” Yangiliklar

Vitaliy Ni: “Berdiev o'zimizga ham kerak”

Nihoyat, “Nasaf” klub beshinchi urinishida O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi. CHindan ham 17 oktyabr “ajdarlar” uchun yoqimli kun sifatida muhrlanib qoladigan bo'ldi.

O'yinni ko'rgan muxlislar shunga amin bo'lishdiki, “Nasaf”da Kubokni qo'lga kiritish ishtiyoqi “Bunyodkor”nikiga qaraganda bir muncha yuqori bo'ldi va bu holat yakunda qarshiliklarning g'alaba qozonishiga zamin yaratib berdi. Qolaversa, bu jamoa kelasi yili Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichida to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqini ham qo'lga kiritdi.

“Nasaf” haqiqatan Kubokni qo'lga kiritishga munosib edi. Har yili ushbu sovringa ega chiqish uchun oxirigacha kurashadi. Bungacha to'rt marta finalda qatnashgani ham so'zimizni tasdiqlab turibdi. “Nasaf” so'zsiz rivojlanish bosqichini muvaffaqiyatli bosib o'tmoqda. Bu borada klubda yaratilgan sharoitlarni alohida etirof etish mumkin. Klubning infratuzilmasi ajoyib darajada tuzilgan va uni hayotga tatbiq etishda rahbarlar qiyinchilikka duch kelishmayapti. 2011 yili OFK Kubogini yutgan jamoa endi O'zbekiston chempionatida ham arzirli sovringa ega chiqdi. Bungacha kumush va bir necha bor bronza medallariga erishgan. Bu yil esa Kubok qo'lga kiritildi. Ana endi navbat chempionlikka. To'g'ri, joriy mavsum hali yakuniga etmadi va nazariy jihatdan “Nasaf”da oltin medallarni egallash imkoniyati mavjud. Lekin qarshiliklar Kubokni yutdi va bu bilan qaysidir manoda o'z oldiga qo'ygan vazifani bajara oldi. Ichki chempionatda esa kamida bronzani naqd qilib qo'ygan.

Jamoaning muvaffaqiyatida klub sport direktori Vitaliy Nining ham katta hissasi bor. Uzoq yildan beri “Nasaf”da faoliyat ko'rsatib kelayotgan mutaxassis Kubok qo'lga kiritilganidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.   

-   Biz Kubok finaliga shunday tayyorgarlik ko'rgandikki, uni yutmaslikning iloji yo'q edi. Men ko'pchilik bilan muloqotda bo'laman. Nafaqat qashqadaryoliklar, balki boshqa shaharlardagi muxlis va mutaxassislar ham “Nasaf”ning Kubokni qo'lga kiritish fursati kelganini, bungacha to'rta marta finalda yutqazganini, shu sababi bu safar “Nasaf” Kubokni yutishiga ishonayotganliklarini aytdilar. Tabiiyki, biz hozirgi vaziyatni yaxshi tushunib turgandik. O'yinga katta etibor bilan yondashdik. Ochig'ini aytaman: jamoamizdagi hamma yutmasak bo'lmasligini yaxshi his qilib turishgandi va bu borada barcha qayg'urayotgandi. Murabbiylar shtabi futbolchilarni o'yinga yaxshi tayyorlaganliklarini ko'rdinglar. Bilasizmi, klubimiz har tomonlama rivojlanish bosqichini o'tamoqda. Kubokni yutishga esa albatta munosib edik va buni amalda ham ko'rsata olganimizdan bexat xursandmiz. Oldingi finallarda mag'lubiyatga uchraganimizda doim attang qilardik. Beshinchi finalimizda esa hammasi boshqacha kechdi va bizning ko'chamizda ham mana shunday bayram bo'lishini bilardik. O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish orqali tarixdan o'rin egalladik. SHuningdek, muxlislarimiz ham jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishdi va ularga minnatdorchilik bildiraman.
“Nasaf” klubining ushbu tarixiy natijasi tufayli tabiiyki, jamoa azolari munosib ravishda rag'batlantirilishi ham kutilmoqda. Buning ustiga klub ilk bor ana shunday sovrinni qo'lga kiritdi. Futbolchilarga aynan qanday mukofot vada qilingan qabilidagi savolimizga Ni shunday javob berdi.


-   Bilasizmi, o'yindan avval hech kimda Kubokni yutsak, qanday mukofot berilarkin degan o'y-xayol bo'lgani yo'q. Albatta, biz oldimizga qo'yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajardik va bundan Qashqadaryo xalqi xursand bo'ldi. Ishonamanki, homiylarimiz ham jamoamizni ushbu g'alaba uchun munosib ravishda rag'batlantiradi. Biz futbolchilarni shunday ruhda tarbiyalaymizki, ular pulni birinchi o'ringa qo'yishmaydi. Ularda vatanparvarlik, jamoaga fidoyilik kabi xislatlar yaxshi rivojlangan.

Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etishi aniq bo'lgan jamoa hozirning o'zidanoq ushbu nufuzli turnir uchun tayyorgarlikni boshlashi kerakligini Vitaliy Nikolaevich alohida takidladi.

-   Oldimizda Kubok finalida g'alaba qozonish vazifasi turgandi. Buni muvaffaqiyatli tarzda bajardik. Endi esa oldimizda turgan yangi maqsadlar sari kurashishda davom etamiz. Albatta, Osiyo CHempionlar ligasiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritganimiz juda yaxshi bo'ldi. SHu kunlarda rahbariyat bilan kelasi yil uchun rejalarni ishlab chiqyapmiz. CHempionlar ligasi bu juda jiddiy musobaqa. Unda shunchaki qatnashish niyatida emasmiz. O'zbekiston shani uchun ham o'z oldimizga qo'yiladigan maqsadlarni bajarishimiz lozim. OCHLga chiqdikmi, hozirning o'zidan tayyorgarlikni boshlaymiz. Mavsumdan keyin yig'inga kirishamiz deb o'ylasak, unda xato qilamiz.


SHuningdek, Ni jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga xorijdan taklif bo'layotganiga ham urg'u berib o'tdi.

-   Ro'ziqul Berdievga xorijdan tushayotgan takliflarga kelsak, ha, u o'zini murabbiy sifatida ko'rsata olyapti. Doim uning boshchiligida “Nasaf” sovrinli o'rinlar uchun kurashib kelmoqda. Bu yil Osiyo CHempionlar ligasida qatnashib yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. SHunchaki bizga omad kulib boqmadi. Eshitdim, Eronning “Traktorsozi” jamoasi murabbiyimizning xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan. Yodingizda bo'lsa, biz guruh bosqichida aynan ushbu raqibga qarshi ikkita o'yin o'tkazib, ikkalasida ham g'alaba qozonganmiz. Ushbu uchrashuvlarda Ro'ziqul Berdiev murabbiylik mahoratini ko'rsata olgan va futbolchilar ham asosan uning ko'rsatmalari asosida o'yin namoyish qilgan. Tabiiyki, jamoamiz barchada iliq taassurot qoldirgan. Jamoamiz o'yinida murabbiyining “imzosi” yaqqol ko'rinib turibdi. Albatta, Berdievga xorijdan qiziqish bo'layotgani quvonarli. Biroq u o'zimizga ham kerak. Ro'ziqul bilan hali qiladigan ishlarimiz ko'p. SHuning uchun uni qo'yib yuborish niyatida emasmiz.   

FIRDAVSXON suhbatlashdi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика