Vitaliy Mirniy: "SHamol bo'lmaganda o'yin boshqacha ruhda kechardi"
10 mar 2018 22:53
Yangiliklar
Vitaliy Mirniy: "SHamol bo'lmaganda o'yin boshqacha ruhda kechardi"
"So'g'diyona" - "Neftchi" (0:0) o'yinidan so'ng "Neftchi" darvozaboni va farg'onaliklar safida "o'yinning eng yaxshi o'yinchisi" deb topilgan Vitaliy Mirniy o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Og'ir o'yin o'tkazdik. Raqiblarimiz ham bizga qattiq qarshilik ko'rsatishdi. O'yinni ko'rish uchun Farg'onadan ko'plab muxlislar kelganini ko'rdim. Albatta o'yin davomida ularning daldasini his etib turdik. Ularga katta rahmat.
O'zingiz qanday bo'ron bo'lganini ko'rdingiz. Bunday ob-havoda to'p surish juda mushkul. O'zbekistondagi ilk rasmiy bahsimni o'tkazdim. Taassurotlar ajoyib. Ochig'i, bugungi ob-havo uchrashuv natijasiga jiddiy tasir o'tkazdi. SHamol bo'lmaganda balki o'yin boshqacha ruhda kechardi - dedi Mirniy.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar