So’nggi yangiliklar

18:26Осиё Кубоги-2027 саралаши. Тожикистон Филиппин билан муроса кўчасини танлади  0 18:00ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон – Қатар (матнли трансляция)  76 17:51ЖЧ-2026 саралаши. Осиё гранди Индонезияни "савалади", Хитой сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  2 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  3 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  4 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  6 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22

Vitaliy Levchenkoga jarima belgilandi - Tartib-intizom qo'mitasi Yangiliklar

Vitaliy Levchenkoga jarima belgilandi - Tartib-intizom qo'mitasi

O'zbekiston Futbol Associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga

“Bunyodkor” — “Neftchi”

Superliganing 23-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Neftchi” uchrashuvi yakunlanganidan so'ng “Neftchi” futbol klubining bosh murabbiyi V. Levchenko o'yindan keyingi matbuot anjumanida hakamlik va boshqa holatlar bo'yicha tasdiqlanmagan, jamoatchilikda shubha uyg'otuvchi, asoslanmagan, noto'g'ri malumotlar bergani aniqlandi.

O'zbekiston futbol associaciyasi xodimlari tomonidan Vitaliy Levchenko bilan suhbat o'tkazilib, unga tegishli o'yinlar tahlili ko'rsatildi. O'z navbatida, V.Levchenko matbuot anjumanida bergan intervyusida emocional holatda gapirgani, o'yinni tahlil qilmasdan javob bergani, hech kimni “Neftchi” futbol klubi zarariga tasir o'tkazishda ayblanmagani va bunday malumot unda mavjud emasligini bildirib, uzr so'rab, ushbu holatlarni o'z tushuntirish xatida malum qildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, O'FA Intizom kodeksining 5.39 va 5.41-bandlariga asosan Vitaliy Levchenkoga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” — “Andijon”

Superliganing 24-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” uchrashuvida “Qizilqum” futbol klubi rasmiy vakili G'ulomiddin O'taev “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.27-bandlarini buzganligi, yani texnik zonada tamaki mahsulotini chekkanligi uchun tegishli chora ko'rish so'ralgan. “Qizilqum” futbol klubi o'z rasmiy vakilining Reglament qoidalariga rioya qilishini taminlamagani uchun futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasini qo'llash belgilandi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “Qizilqum” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum” — “Andijon”

Superliganing 24-turi doirasidagi “Qizilqum” — “Andijon” uchrashuvining 36-daqiqasida “Andijon” jamoasi rasmiy vakili B. Karimov yon hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Begzod Karimovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


U-21 chempionati

“So'g'diyona U21” — “Buxoro U21”

U-21 chempionatining 24-turi doirasidagi “So'g'diyona” U-21 — “Buxoro” U-21 uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Buxoro” U-21 jamoasi murabbiyi O. Avezov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Otajon Avezovga (Buxoro U-21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


U-19 chempionati

“Andijon SGS” U-19 — “G'ijduvon” U-19

U-19 chempionatining 25-turi doirasidagi “Andijon SGS” U-19 — “G'ijduvon” U-19 uchrashuvi o'tkazilishi belgilangan bo'lsa-da, “G'ijduvon” U-19 jamoasi mazkur uchrashuvga asossiz ravishda kelmagan hamda jamoaga texnik mag'lubiyat qayd etilgan. “G'ijduvon” futbol klubi “G'ijduvon” U-19 jamoasini musobaqa doirasida belgilangan uchrashuvdagi ishtirokini taminlamagani uchun klubga nisbatan jarima intizom chorasini qo'llash belgilandi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, “G'ijduvon” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Birinchilik Kubogi

“Yangier Quruvchi” — “Olimpik farm”

Birinchilik Kubogining 5-turi doirasidagi “Yangier Quruvchi” — “Olimpik farm” uchrashuvida “Olimpik farm” jamoasi futbolchisi S. Tursunov qo'l tirsagi bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Salohiddin Tursunovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.


“Yangier Quruvchi” — “Olimpik farm”

Birinchilik Kubogining 5-turi doirasidagi “Yangier Quruvchi” — “Olimpik farm” uchrashuvida “Yangier Quruvchi” jamoasi futbolchisi B. Tolibjonov mushti bilan raqib o'yinchisining qorin qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Begzod Tolibjonovga (Yangier Quruvchi) nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика