So’nggi yangiliklar

09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  0 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21

Vitaliy Levchenko: "Nasaf" shaxsan men uchun OFK kubogida g'olib chiqish uchun asosiy favorit hisoblanadi" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Nasaf" shaxsan men uchun OFK kubogida g'olib chiqish uchun asosiy favorit hisoblanadi"

Tojikistonning "Istiqlol" klubi joriy mavsum OCHLda ko'pchilikning hayratlantira oldi.

Guruh bosqichida "SHabab Al Ahli", "Al Hilol", AGMK jamoalari qarshiligini engib keyingi bosqichga yo'l olgan dushanbeliklar pley-offda "Persepolis" bilan to'qnash keldi. 

Dushanbedagi markaziy stadionda muxlislar qarshisida tengma-teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda fors klubi kichik 1:0 hisobida g'alabani tantana qilidi. Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning ukrainalik bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko bilan kichik intervyu tashkil qildik. 

- Ajoyib atmosfera ostida o'tgan "Persepolis" bilan o'yin haqida...

- Haqiqatdan ham yaxshi darajadagi o'yin ko'rsatdik. Stadionda ajoyib muhit hukmron bo'ldi. O'yinga kelsak, biz o'z vaziyatlarimizdan foydalana olganimiz yo'q. Yana qaerdadir raqib darvozaboni o'zini ko'rsata oldi. Ayrim pallada mahorat etishmasligi pand berdi. Alamlisi qo'shimcha daqiqalarda keraksiz golni o'tkazib yubordik

- Guruh bosqichida sensaciyalar qayd etgan "Istiqlol" "Persepolis"ga ham haqiqiy bosh og'riq bo'la oldi. Nima, deb o'ylaysiz tojik futbolining yashirin imkoniyatlari yuzaga chiqyaptimi? 

- Aytganingizdek guruhimiz eng kuchlisi edi. OCHLda ilk bor ishtirok etayotganimizga qaramasdan guruhdan chiqishni uddasidan chiqa oldik. Ushbu natijalar ortida butun jamoaning katta mehnati yotibdi. Har bir uchrashuvda kuchli ishtiyoq va xohish bilan to'p tepganlari uchun yigitlarga rahmat aytaman. Musobaqa bizga oldinga yanada ko'proq intilishimizga yordam berdi. To'g'ri "Persepolis" bilan o'yin natijasidan xafamiz. Lekin biz to'g'ri yo'lda ekanligimizga aminman. Oldinga siljish uchun endi bizga nimalar zarurligini bilamiz. 

- Ushbu uchrashuvda "Istiqlol" futbolchilarining jismoniy holati, bosimga chidamlilik darajasi yaxshi ekanligiga guvoh bo'ldik. Toshkentdagi yig'in davomida bu borada xavotirlar yuzaga kelgandi. Xo'sh, bunday masuliyatli bahsga futbolchilarni qanday tayyorladingiz?

- Jismoniy holatimizga kelsak, to'g'ri takidladingiz biz o'yinga juda yaxshi hozirlik ko'rdik. Xo'jandda yig'in tashkillashtirdik. Katta jismoniy kuchga ega o'zbek klublari bilan nazorat o'yinlarini o'tkadik. SHu bois bizga jismonan toliqib qolganimiz sezildi. Lekin menga buning ahamiyati yo'q edi. OCHLga tayyorgarlik ko'rayotganimiz uchun natija ustuvor hisoblanmasdi. 

- Ertaga Qarshining "Nasaf" jamoasi OFK kubogi Inter Zonal yarim final bosqichida Hindistonning "Mohun Bagan" klubi bilan o'ynaydi. Vakillarimizning musobaqada g'olib chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- "Nasaf" shaxsan men uchun OFK kubogida g'olib chiqish uchun asosiy favoritlardan biri hisoblanadi. Sizlarga muxlislik qilamiz va omad tilaymiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика