So’nggi yangiliklar

18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  0 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  8 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  11 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  32 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6

Vitaliy Levchenko: "Iflos futbol?" Men bunday ko'rsatma bermaganman" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Iflos futbol?" Men bunday ko'rsatma bermaganman"

"Nasaf" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirdi.

O'yin haqida

"Yaxshi o'yin bo'ldi. "Nasaf" tashabbusga ega bo'ldi, biz atayin to'pni raqibga berdik va ikkinchi raqamda, qarshi hujumlarda o'ynashga qaror qildik. So'nggi daqiqalarda gol ura oldik. 

"Nasaf"da 1-2 ta vaziyat bo'ldi, ammo ulardan foydalana olishmadi. Balki bugun omad ham kulib boqqandir. Ketma-ket uchta mag'lubiyatdan keyin yigitlar bilan gaplashib oldik va xatolarni tahlil qildik", - dedi Vitaliy Levchenko

- "Neftchi" o'yindan avval ligada qolishini bilardi, ammo jamoainiz xuddi finaldek harakat qilishdi...

- Biz bu erga kurashish uchun kelgandik. Sababi musobaqa jadvalini ko'rgandingiz, bizdan avval tugagan uchrashuvlardan qatiy nazar motivaciya kuchli edi. Natijalarni eshitganimizdan keyin elkamizdan tog' ag'darildi va yigitlar ekin o'ynashdi. 

- "Istiqlol"da ishlagangizda ham, "Neftchi"dagi oldingi o'yinlarda ham chiroyli futbol namoyish etardi. Ammo bugun ayniqsa birinchi taymda "iflos futbol" namoyish etildi. Hatto qaysidir futbolchining oyog'i sinib ketsa ham bunchalik qattiq baqirmaydi...

- Bu savolingizga javob bera olmayman. SHaxsan men ularga yotib olish bo'yicha ko'rsatma bermaganman, ishoning. Aksincha futbolchilarga tartibli o'ynash bo'yicha ko'rsatma bergandim. 

- Boshqa jamoa sizlarga bugungi yutuq uchun mukofot puli taklif qilgani haqida mish-mishlarni eshitdik...

- Bizda standart vaziyat edi. Musobaqa jadvalida qaerda ekanimizni ko'rdingiz. SHu bois o'z maqsadlarimizni bajarish uchun o'ynadik xolos. 

- Keyingi yilgi vazifa va maqsadlar qanday? 

- Hozircha bu haqda bilmayman, barchasi viloyat hokimi bilan uchrashuvdan keyin malum bo'ladi. Men kelganimida oldimga ligada qolish vazifasi qo'yilgandi. Keyingi yil nima bo'lishini endi bilamiz.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика