So’nggi yangiliklar

17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  14 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  2 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  5 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   11 14:44Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U-23 Вьетнамни мағлуб этди  6 14:24ПСЖ Винисиус учун лойиҳа тайёрламоқда. Парижликлар бразилияликни текинга қўлга киритишмоқчи  5 13:22Гарсия "Реал"дан кетадими?  2 12:04"Манчестер Юнайтед" Онана бўйича қарор қабул қилди  1 11:24АПЛ клублари "Бавария" кўзлаган ўйинчини илиб кетмоқчи  0 10:49"Барселона"нинг икки нафар футболчиси турк клубига ўтиши мумкин  7 10:22Ҳиндистон Аргентина билан ўртоқлик учрашуви учун катта миқдорда пул тўлайди ва бир нечта шартлар қўяди  18 09:55"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосарига 200 миллион евро тўлашга тайёр  4 09:27Флорентино Перес муддатидан аввал президентликдан кетмоқчи  19 09:00Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди  33

Vitaliy Levchenko: "Himoyada tartibli, hujumda esa unumli o'yin ko'rsatishga harakat qildik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Himoyada tartibli, hujumda esa unumli o'yin ko'rsatishga harakat qildik"

Coca Cola Superliga 8-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi


- O'yin haqida

- Bugun biz liganing eng kuchli jamoasidan biri bilan o'ynadik. Hozirda ular eng kuchli o'yinlardan birini ko'rsatishmoqda. Ularga qarshi o'ynash qiyin, ayniqsa, ochiq futbol. SHu sabab ham biz himoyada tartibli, hujumda esa unumli o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Qaysidir vaziyatlarda uddaladik, bazilarida esa yo'q. Asosiysi, muxlislarimizni bugun xursand qila oldik. 

- Vladimir Nazarov ikkita etakchiga qarshi o'yinda asosiy tarkibda o'yinni boshladi. Vladimir Nazarov endilikda "Neftchi"ning asosiy darvozaboniga aylandi desak bo'ladimi?

- Ha, ko'rib turganingizdek bizda raqobat bor. Kim haqliroq bo'lsa, o'sha maydonga tushadi. Qaysidir o'yinchi maydonga tushishga tayyor bo'lmasa, uni boshqa raqobatchisi bilan almashtiramiz. Raqobatsiz rivojlanish bo'lmaydi. Bugun ham Nazarov maydonga tushdi va yaxshi natija ko'rsatdik. 

- O'yin boshida darvozabon bir necha xatolarga yo'l qo'ydi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Bu texnik xato. Ishlashda davom etamiz. Keyingi o'yinlarda bunday bo'lmasligiga harakat qilamiz. Nazarov hali yosh va bu xatolarni to'g'irlashga ulguradi.

- Rubin Xebayga "Neftchi"ga qiziqayotgani haqidagi xabarlar qanchalik to'g'ri?

- Menimcha, "Andijon" klubi rahbarining so'zlarini eshitdingiz. U Xebay kichik summaga sotilmasligi, uni o'z safida ko'rmoqchi bo'lgan klub kattagina pul bilan jamoaga murajaat qilishi kerakligini aytdi. Unga qiziqdik, bu rost, ammo biz katta pulga o'yinchi sotib ola olmaymiz. Biz o'z byudjetimizdan kelib chiqqan holda ishlaymiz. Yuqoridagi mavzu bo'yicha savol bo'lishi mumkin emas. Balki, boyroq bo'lgan Saudiya Arabistoni yoki Qatar klublari u futbolchini sotib olishlari mumkindir. 

- "Ural" klubi bilan o'yin sizning rejalaringizga qanday tasir ko'rsatadi? CHunki o'sha paytda ko'pgina jamoalar dam olishda bo'lishadi.

- Yo'q, hech qanday tasir o'tkazmaydi. Biz uchun bu o'yinlar ijobiy tasir qiladi. Farg'onada ham futbol bayrami bo'ladi. Sababi, RPL klubi bizning stadionga tashrif buyuradi. Bu bizga yomon tasir ko'rsatmaydi. 

- Muxlislarga nima degan bo'lardingiz?

- "Neftchi" muxlislariga katta rahmat. Sizda shunday muxlislar bo'lsa, jamoada ikkinchi nafas yo'li ochiladi. Muxlislar biz uchun katta kuch berishadi. CHarchoqni his qilmaysiz. Jamoada qancha ko'p muxlis bo'lsa, u shunchalik yaxshi o'yin ko'rsatadi.

- "Neftchi" ortiqcha shov-shuvlarsiz mavsumga kirishdi. Hozirda sovrinlar uchun kurashmoqda. Ikkinchi davradagi jamoaning rejadari qanday?

- Biz ishlashda davom etamiz. Jamoaga biroz yangi qon kerak. Asosiy tarkibni ham, zaxirani ham kuchaytirishga harakat qilamiz. Tarkib borasida muammoga duch kelmaslikka harakat qilamiz. Bu borada ishlashda davom etamiz.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика