Vitaliy Levchenko: "Keyingi mavsumda Farg'onada qolishim yoki qolmasligimni bilmayman"

Iskandarov Abdulaziz
30 noya 2025, 17:26
Superliganing 30-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Vitaliy Levchenko fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Mutaxassis o'yin va jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.

"Superligada oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. O'yinga kelsak, qiyin bahs bo'ldi. Chunki ko'p hissiyotlarni yo'qotgandik. Shu bois yigitlarni bu o'yinga diqqatini jamlash qiyin kechdi. Motivaciya va ruhan tayyorgarlikka ko'p narsa bog'liq. Umuman olganda raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Kelajakda omad tilayman. Raqibga munosib baho bera olmadik emas, futbolchilar ruhan, hissiyotlarsiz o'ynashi qiyin. 

Keyingi mavsumda ishlaymanmi? Bilmayman",- deydi Vitaliy Levchenko.



O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia