So’nggi yangiliklar

20:15"Ливерпуль" — "Ман Сити". Таркиблар маълум  1 20:04"Рома" Тоттини техник директор этиб тайинламоқчи. Римликларнинг собиқ сардори клубга қайтишга тайёр  0 19:35Эрон Про лигаси. Ўрунов ва Сергеев ўйнаётган "Персеполис" меҳмонда мағлубиятга учради  3 19:02ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида йирик ҳисобда ғалаба қозонди ва биринчи ўринни янада мустаҳкамлади, Раҳмоналиевдан гол  4 18:42САфарда. "Хоразм" — "гуч"  1 18:22Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродовдан гол ва Файзуллаевдан ассист  27 17:52Флик мавсум якунида "Барселона"ни тарк этиши мумкин  21 16:47САфарда. "Ғазалкент" Россия клубини ютди, ўйин вақтида мураббийдан интервью олдик  0 15:19САфарда "Қизилқум"да. Асрор Ғофуров, Шохруз Норхонов, Жаба Жигаури ва Акмал Рустамовдан интервью  0 14:35Ўзбекистон Суперкубоги-2026. Чемпионат ва кубок ғолиблари ўртасидаги беллашувга “Бобур Арена” мезбонлик қилади  8 14:22Фарғона вилояти ҳоким кубоги ярим финал ўйинлари бўлиб ўтди  2 14:00САфарда. Тоҳир Кападзе ўғли Тимурнинг қарори, ҳоким билан учрашув, мухлисларга мурожаат...  6 13:36"Челси" Испания терма жамоаси форварди трансфери устида ишламоқда  5 12:51Расман: Йилдиз "Ювентус" билан шартномасини узайтирди  1 12:25"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи  8

Vitaliy Levchenko: "Bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- CHuqur detallarga berilmasak. Bugun yaxshi o'yin o'tkazdik. Raqib deyarli hech nima yarata olmadi. Biz "Navbahor"ni yaxshi o'rganib chiqqandik. Bugungi uchrashuvda durang adolatli natija bo'lar edi. Bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik. Bizni qo'llab quvvatlash uchun Namanganga kelgan barcha muxlislarga rahmat. Ular bugun ajoyib atmosfera yaratishdi.

- Biz bugun hujumkor "Neftchi"ni ko'rdik. Siz o'zgarishlarga ham ko'p qul urmoqdasiz. Bugungi uchrashuvga tayyorlagan rejangiz hujumkor futbol namoyish etish edimi yoki o'yin vaqti shunday uslub tanlashga majbur bo'ldingizlarmi?

- Men hujumkor emas, zamonaviy futbol o'ynadik. Zamonaviy futbolda barcha birga hujum qilish va birga himoyalanishi kerak. Biz bugun g'alaba uchun maydonga tushgandik va ko'proq hujumchilarni o'zgartirdim.

- Muxlislar haqida gapirib o'tsangiz?

- Vodiy jamoalarining muxlislari har doim o'z jamoasini aktiv qo'llab quvvatlashadi. Bugun ham ikki jamoaning muxlislari ajoyib atmosfera yaratishdi. Ularga rahmat aytamiz. Muxlislar bizga ishonishda davom etmoqda. Bu esa hurmatga sazovor jihat.

- Bugun Botirali Ergashevni asosiy tarkibda maydonga tushirdingiz. Bu majburiy o'zgarishmidi yoki ihtiyoriy?

- Ikki darvozabonimizning darajasi teng. Botirali milliy terma jamoa darvozaboni va unga ishonch bildirishimiz tabiiy. Ikkita teng darajali darvozabonimiz bor. Ergashev bugun yaxshi o'ynadi.

- Bugun hujumchilarni o'zgartirdingiz. Norchaev va Nsungusi maydonga tushganidan so'ng jamoaning hujumlari yanada xavfliroq bo'la boshladi. Ikki hujumchi bilan maydonga tushish rejangiz bormidi?

- Norchaev bor yo'g'i ikki kun avval jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi. Uni ertaroq maydonga tushirish yoki asosiy tarkibga qo'yish hali xavfli. Husayn tiklanishda davom etmoqda. Efiong esa maydonga tushdi va ancha foyda keltirdi, ammo jamoada boshqa futbolchilar ham va bu sog'lom raqobat. Kim yaxshiroq o'ynasa, o'sha futbolchi asosiy tarkibda bo'ladi.

- "Neftchi" o'z vaziyatlaridan unumli foydalana olmayapti. Jamoaga bir nima etishmayotgandek. "Neftchi" g'alaba qozonishiga nima etishmayapti deb o'ylaysiz?

- Biz yangi jamoa tuzdik. Barcha muammolar hal etilib, bir tizimga o'tishimiz uchun biroz vaqt kerak. Jamoani yig'ish birinchi bosqich. Ikkinchi bosqich esa yangi jamoani bir uslubga moslashtirish. Biz ikkinchi bosqichdamiz. Bizga stabillik etishmayapti. Ko'p futbolchilarimiz terma jamoa yig'inlariga yo'l olishdi va shu sabab uchun orada o'zilish bo'ldi. Hali hech nima yo'qotilmaydi. Biz jangni boy bermadik.






Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика