So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  0 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Vitaliy Legay: “Tayyorgarlikdan qisman ko'nglim to'lmoqda” Yangiliklar

Vitaliy Legay: “Tayyorgarlikdan qisman ko'nglim to'lmoqda”

Farg'onada o'tkazilgan “Hokim Kubogi-2017” turnirida ishtirok etib, “V” guruhida 2-o'rinni band etgan “Andijon” musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Bugun jamoaning yig'ini yakuniga etdi va futbolchilarga ikki kunlik dam berildi. “Burgutlar”ning navbatdagi tayyorgarlik jarayoni endilikda poytaxtda davom ettiriladi. Vitaliy Legay bilan suhbatlashganimizda, bu haqda uning o'zi ham aytib o'tdi. SHuningdek bosh murabbiy yana ayrim savollarimizga ham javob berdi.

- Vitaliy Aleksandarovich, “Andijon”ning ikkinchi yig'ini ham yakunlandi. Aytingchi tayyorgarlik jarayonidan ko'nglingiz to'lmoqdami?
- Xabaringiz bor, ikkinchi yig'inimiz 5 yanvar kunidan boshlangandi. Bugun ushbu yig'in yakuniga etdi. Nima desam bo'ladi, tayyorgarlik hozircha ishlab chiqqan rejamiz asosida o'tmoqda. Ko'rib turganingizdek, joriy mavsumga yangitdan tarkibni shakllantirmoqdamiz. Albatta kamchiliklar ko'p. Bularni bartaraf etish uchun astoydil ish olib borilmoqda. Menimcha hech qaysi murabbiy tayyorgarlikdan hech qachon to'liq qoniqmasa kerak. Men ham sizga shuni aytishim mumkinki, yangi mavsumga tayyorgarlikdan qisman qoniqyapman. CHempionat startiga qadar oldimizda yana birmuncha vaqt bor. SHu muddat ichida kamchiliklar ustida ishlab, yanada puxta bo'lishga intilamiz.

- Farg'onada o'tkazilgan “Hokim Kubogi-2017” turnirida “Andijon” garchi guruhdan keyingi bosqichga chiqa olmagan bo'lsada, yomon natija qayd etmadi deyish mumkin. Ayniqsa oliy liga klublari bo'lmish – “Mashal” va “Qo'qon-1912” jamoalariga qarshi bahslarda futbolchilaringiz yuqori ishtiyoq bilan xarakat qilib, ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. SHaxsan siz mazkur chempionatdagi ishtiroklaringni qanday baholaysiz?
- Eng avvalo ushbu turnir jamoamiz uchun foydali bo'lganini aytib o'tmoqchiman. Musobaqa tashkilotchilari yaxshi sharoitlarni yaratib berdi. O'yinlar ham qiziqarli va tomoshabop ruh ostida o'tdi deyish mumkin. Har bir o'yinimizga ashaddiy ishqibozlarimiz ham tashrif buyurib, bizni qo'llab-quvvatlat turishga intildi. Buning uchun barchaga minnatdorchilik bildirgan bo'lardim. “Hokim Kubogi-2017”dagi o'yinlar orqali biz o'zimiz istagan tarkibni shakllantirishga xarakat qildik. Etibor bergan bo'lsangiz, biz boshqa taktik sxemani qo'llab ko'rishni boshladik. Yigitlarga mashg'ulotlar chog'ida nimani istayotganimizni imkon qadar tushuntirib borishga urindik. Farg'onadagi uchrashuvlarda ular buni birmuncha yaxshi bajardi deya olaman. Asosiysi o'yin tashkil etish borasida intilish bor. Ushbu turnir orqali tarkib o'zagini aniqlab olishga xarakat qildik. “Mashal” va “Qo'qon-1912” ga qarshi bahslarda yigitlar oxirigacha kurashdi. Aksincha birinchi liga jamoalari bo'lmish “Cementchi” va “Norin”ga qarshi bahslarda biroz qiynaldik. Asosiy o'yinlar hali oldinda deb o'ylayman. Qanchalik tayyorgarlik ko'rganimizni mavsum ko'rsatadi.


- Qaysi chiziqlarni yanada kuchaytirish kerakligi borasida ham xulosa chiqargan bo'lsangiz kerak?
- Albatta. Yuqorida aytib o'tganimizdek, kamchiliklarimiz ham yo'q emas. Darvoza, himoya va hujum chizig'iga nomzodlarni ko'rib chiqmoqdamiz. Agarda o'zimizga maqul keladigan o'yinchilarni topa olsak, tarkibga qo'shib olamiz.

- Ikkinchi yig'indan so'ng qaysi futbolchilarga javob berildi?
- Yanvar oyida o'tkazilgan yig'inimizga ko'plab futbolchilar kelib ko'rikda bo'ldi. Ularning ko'plariga javob berildi. Farg'onadagi turnirdan keyin ham o'yinchilar bilan xayrlashishga qaror qildik. Ammo ularning nomlarini hozircha ommaga oshkor etmaganim maqul.  

- U xolda aytingchi, yaqin orada “Andijon” safiga qaysi futbolchilar kelib qo'shilishi mumkin? Bugungi kunda transferlar muxlislarning diqqat markazida turibdi.
- Ayni damda safimizni kuchaytirishi mumkin bo'lgan futbolchilar bilan muzokara o'tkazmoqdamiz. Albatta ko'z ostimizga olib qo'ygan o'yinchilar bor. Lekin ularning safimizga qo'shilishi faqat bizning istagimiz bilangina amalga oshmaydi. Extimol ular navbatdagi yig'inimizda kelib qo'shilar.

- Endigi rejalar qanday?
- 7 fevral kuni futbolchilarni o'z qarorgohimizda yig'amiz va ertasi kuni Toshkentga jo'nab ketiladi. SHu kuni poytaxtda tibbiy ko'rikdan o'tiladi. U erda 17 fevralga qadar yig'in tashkil etamiz. Asosiy etibor ko'proq sinov-nazorat bahslariga qaratiladi. SHu bois rejamizga ko'ra Toshkentda to'rtta uchrashuv o'tkazamiz. So'ngra Andijonga qaytamiz va tayyorgarlik yana o'z qarorgohimizda davom etadi.

- Sparring-raqib jamoalar nomi aniq bo'ldimi?
- Toshkentdagi raqib jamoalar oliy va birinchi liga ishtirokchilari ekanligini aytishim mumkin. Hozircha ular bilan og'zaki ravishda kelishib oldik. Ammo o'yin sanalari aniq bo'lmadi. Menimcha bu yaqin kunlar ichida to'liq malum bo'ladi. O'ylaymanki poytaxtga borganimizda bu borada ortiqcha muammoga duch kelmaymiz.


- Birinchi liga o'yinlari aprel oyida start oladi.  Lekin “Andijon” uchun mavsum rasman mart oyining so'nggi kunlarida boshlanadi.  Boisi O'zbekiston Kubogi bahslarini jamoangiz “Neftchi”ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Bu raqib to'g'risida nima deysiz?
- Kubokda ham imkon qadar uzoqroqqa borishga xarakat qilamiz. “Neftchi” bilan o'z uyimizda o'ynaymiz. Yaxshi jamoa. Raqibni xurmat qilaman. Bilasizmi Kubok uchrashuvlarida jamoalarning qaysi ligada ishtirok etishi unchalik ahamiyatli emas. Har qanday raqib bilan jiddiy kurashamiz va muxlislarimizni quvontirishga urinamiz.  

- Yaqinda birinchi liga o'yinlariga qura tashlash marosimi ham bo'lib o'tdi. “Andijon” chempionatning dastlabki ikkita uchrashuvini safarda o'tkazadigan bo'ldi. Bu haqda qanday fikrdasiz?
- Qura bu o'z nomi bilan quradir. Biz oliy ligaga chiqish uchun kurash olib boramiz. SHunday ekan qachon va qaerda kim o'ynashni farqi bo'lmasligi kerak. Menimcha G'allaorol va Zominda bizga oson bo'lmaydi. “Zomin” jamoasi birinchi ligada o'z o'rniga ega deyishim mumkin. U erda har doim yaxshi jamoa shakllanib kelgan. SHuni aytishim mumkinki, oldimizga qo'yilgan vazifani bajarish uchun har bir uchrashuvda faqat g'alaba uchun tushamiz.

- Yig'in chog'ida yangi futbolchilarni saralab olishda ko'proq ularning qaysi xususiyatlariga etibor qaratmoqdasiz?
- Menga mexnatkash o'yinchilar yoqadi. Kerak paytda maydonda xarakter ko'rsata oladigan va jamoa manfaati uchun borini beradigan futbolchilar kerak. Maqsadimiz kurashchan va ahil bir oilani tashkil etishdir. Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun xarakat qilmog'i lozim. SHunda natijaga erishish birmuncha oson kechadi.
 

"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика