Vitaliy Legay: "Har bir o'yindan keyin yanada qiyinroq vaziyatga tushib qolyapmiz."
22 okt 2016 18:56
Yangiliklar
Vitaliy Legay: "Har bir o'yindan keyin yanada qiyinroq vaziyatga tushib qolyapmiz."
"Andijon" - "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Vitaliy Legay o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin teng bo'ldi va natija ham adolatli bo'ldi. Bizga g'alaba juda zarur edi, ammo bo'lar ish bo'ldi. Aytishadiku g'alaba jamoaniki, mag'lubiyat murabbiyniki. Biz oliy ligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz.
O'zimiz shunday ahvolga tushib qoldikmi, o'zimiz undan chiqib ketishimiz kerak.
Har bir o'yindan keyin qiyinroq vaziyatga tushib qolyapmiz. Ammo imkoniyat bor ekan kurashaveramiz.
Andrey Bugnyak oilaviy sabablar tufayli o'z yurtiga jo'nab ketdi. Denis Ilesku esa ruhiy tomonlama o'zini yaxshi his qilmayapti. SHu bois maydonga tushmadi. Ketma-ket mag'lubiyatlar unga qattiq tasir ko'rsatdi", - deydi Legay.
"Andijon" matbuot xizmati

Fikrlar