Vitaliy Denisov uni Moskvada topganlarga "Spartak" bilan uchrashuv chiptalarini sovg'a qiladi

Aslanov Jasurbek
25 apr 2016, 14:29
O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" himoyachisi Vitaliy Denisov uni Moskva markazida topgan insonlarga "Spartak"ka qarshi bo'lib o'tadigan RFPLning 26-tur uchrashuvi chiptalarini sovg'a qiladi.

"Tor (Vitaliy Denisov) derbi chipatlari bilan sizni Bulvar xalqa yo'li atrofida kutadi. Chiptalarni olish uchun "Faqat "Loko" kodini aytish kerak" - deyiladi "temiryo'lchilar" matbuot-xizmatida.

"Lokomotiv" - "Spartak" uchrashuvi 30 aprel kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com