So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  1 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  0 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  2 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  6 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Vitaliy Denisov "Ufa"ga qarshi bahsga tayyorgarlik haqida intervyu berdi Yangiliklar

Vitaliy Denisov "Ufa"ga qarshi bahsga tayyorgarlik haqida intervyu berdi

Teglar :  Vitaliy Denisov
O'zbekiston terma jamoasi ham Moskvaning "Lokomtoiv" himoyachisi Vitaliy Denisov "Ufa"ga qarshi Rossiya chempionati o'yinidan oldin jamoaning holati haqida so'zlab berdi.

- "Spartak"dan uchralgan mag'lubiyat unutildimi?

- Har qanday jamoa omadsiz o'yinlarni tahlil qiladi, ammo murabbiylar shtabi futbolchilarni ruhan qiynamaslik uchun bunga katta etibor bermaslikka harakat qiladi. Xatolar ustida ishlab, olg'a qadam tashlash kerak.

- "Ufa"ga qarshi bahs borasida bosh murabbiyi Yuriy Syomin biror narsa dedimi?

- Ishlash kerak bo'lgan narsalar bor. Nazariy mashg'ulotlarda hammasini muhokama qilamiz.

- O'tgan haftada terma jamoa safida o'ynadingiz, keyin qaytib "Spartak"ka qarshi bahsda maydonga tushdingiz. Ish jarayoniga qaytdingizmi?

- Qaytdim. Endi Qatardagi ob-havoni ham qaytarish kerak.

- "Ufa"ga qarshi bahs Syomin qaytganidan so'ng uy stadionida o'tkazgan birinchi bahsi bo'ladi. Bu o'yin o'zgacha bo'lishini his qilyapsizmi?

- Syomin kimligini barcha yaxshi biladi. Atrofdagilarning munosabati, muxlislar suhbatlari va matbuotdagi maqolalardan sezilyapti. Ammo Yuriy Pavlovich bunga ko'p etibor qilmay, ishiga ko'proq vaqt ajratadi deb o'ylayman.

- "Spartak"dan uchralga mag'lubiyatdan so'ng, "Ufa"ga qarshi bahs ruhiy jihatdan boshqacharoq bo'ladimi?

- Unday demagan bo'lardim. Har bir jamoaning g'alaba va mag'lubiyatlari bor. Miyani bunday narsalar bilan to'ldirmaslik kerak. SHunchaki o'z ustida ishlab, o'yinni tahlil qilish kerak.

"Lokomotiv" - "Ufa" o'yini 17 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика