Vitaliy Denisov "Rubin"ga o'tmoqda
18 iyu 2019 22:05
Yangiliklar


Vitaliy Denisov "Rubin"ga o'tmoqda
BIZNES Online nashri xabariga ko'ra, o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov yozda Qozonning Rubin klubiga ko'chib o'tadi.
Futbolchi allaqachon Qozonda tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
Iyun oyida 32 yoshli futbolchining «Lokomotiv» bilan shartnomasi tugaydi va erkin agentga aylanadi. O'tgan mavsumni Denisov «Krilya Sovetov»da ijarada o'tkazdi. Futbolchimiz Rossiya chempionatida 17ta uchrashuvda maydonga tushib bitta golli pas berdi.
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi 2013 yilda Ukrainaning «Dnepr» klubidan «Lokomotiv»ga ko'chib o'tgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar