Vitaliy Denisov Rossiyaning quyi divizioni jamoasiga o'tishi mumkin
14 jan 2020 10:43
Yangiliklar
Vitaliy Denisov Rossiyaning quyi divizioni jamoasiga o'tishi mumkin
32 yoshli himoyachi Vitaliy Denisov "Rotor"ning Turkiyadagi yig'iniga qo'shildi.
O'zbekistonlik futbolchi "Rotor"ning mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
Vitaliy bundan bir necha kuni avval Tataristonning "Rubin" klubi bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Futbolchi "Rubin"da Premer-liganing 8ta, Rossiya Kubogining bitta uchrashuvida maydonga tushdi.
Volgograd jamoasi hozirda MFL ("FNL")da 25 turdan so'ng 52 ochko jamg'argan holda 1-o'rinda bormoqda.
Takidlab o'tish kerakki, "Rotor"da ayni damda O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim SHackix yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.
Fikrlar