So’nggi yangiliklar

22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  0 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  1 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2 18:58Ана холос! "Атлетико Мадрид" Нголо Кантени Европага қайтармоқчи   2 18:35Музаффар Олимжонов: "Кейинги учрашувларда ҳам шу темпда давом этишимиз керак"   1 18:14"Челси" фақатгина ушбу трансфер ойнасида 156,3 млн (!) фунт стерлинг сарфлади  5 17:52Месси "Интер Майами"нинг қолган футболчиларидан алоҳида шуғулланмоқда  1 17:30Расман: Аарон Ван-Биссака "Вест Хэм" билан 7 (!) йиллик шартнома имзолади  3 17:15"Реал" футболчилари УЕФА Суперкубоги ўтказиладиган Варшавага ҳашаматли кўринишда келишди  24 16:55ОКМК - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1

Vitaliy Denisov: "JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritsak hammasi o'zgaradi" Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritsak hammasi o'zgaradi"

Teglar :  Vitaliy Denisov
O'zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

"Anchadan beri terma jamoada o'ynayman, ammo hozirgidek ajiotajni eslay olmayman. Terma jamoa uchrashuvlarida avvallari ham anshlaglar bo'lgan, ammo bu safar stadionda bo'sh joy qolmadi, bazilar xatto bahsni ko'rish uchun daraxtlarga ham chiqib olishdi" - deb O'zbekiston terma jamoasining KXDRga qarshi uchrashuvi tasvirladi Vitaliy Denisov. 2015 yilning noyabr oyida o'tgan o'sha bahsda o'zbek jamoasi KXDRni "Paxtakor" stadionida 3:1 hisobida taslim etgan.

Filippin va Bahraynga qarshi uyda bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi g'alaba hamda KXDRning Filippindagi kutilmagan mag'lubiyati O'zbekiston terma jamoasini "H" guruhida birinchi o'rinni olishini va JCH-2018 saralashining 3-bosqichiga chiqishini taminladi. O'zbek jamoasining asosiy maqsadi - JCH-2018da ishtirok etish.

Bu O'zbekiston uchun yirik natija bo'ladi, ammo Vitaliy Denisov uchun esa o'zgacha muvaffaqiyat. "Men O'zbekistonda tug'ilgan rusman. Rossiyada O'zbekiston nomidan to'p tepaman va buni munosib amalga oshiryapman deb o'ylayman. Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda haqiqatdan ham ishtirok etishni istayman. Bu hayotimda boshqa bo'lmaydigan ajoyib imkoniyat" - deydi Denisov FIFA.com saytiga bergan eksklyuziv intervyusida.

Uning otasi Gennadiy Denisov ham futbolchi bo'lgan va hozirgacha "Paxtakor" safida o'tkazgan uchrashuvlari soni bo'yicha (371 ta o'yin) rekordchi hisoblanadi. "Otam hech qachon futbol bilan shug'ullanishga majburlamagan, o'zim xohlaganman. U maslahatlari, ko'rsatmalari bilan yordam berib turgan. Ayniqsa 13 yoshimda o'zim uchun begona mamlakatga ketganimda".

Denisov "Paxtakor"da futbol sirlarini o'rgangan, lekin 13 yoshida Moskvaning "Akademika"sida tahsil ola boshlaydi. "Bir shahardan Moskvadek megapolisga ko'chib o'tsang, shokda bo'lasan. Asosiysi - bu daxshatli ritmga ko'nikish" - deya eslaydi himoyachi.


Rivaldo xarididan JCH yo'llanmasigacha

Denisov daxshatli ritmga juda tez o'rganib ketdi. Vitaliy "Akademika"dan CSKAga o'tdi, hozir esa u "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi. So'nggi yillarda himoyachi maydonda borini berib harakat qilishi bilan muxlislar mehrini qozondi. Mehnatkash chap qanot himoyachisining maxsus quroli - autdan to'pni uzoqqa ota olishi hisoblanadi. "Buni qaerda o'rganganimni bilmayman, ammo aniq otamdan emas, u to'pni hech qachon uzoqqa ota olmagan. Bu bolalaligimdan bor. Balki, basketbol ko'p o'ynaganim tufaylidir".

Denisov O'zbekistonni futbol xaritasiga kiritishga yordam berayotgan futbolchilardan biridir: "Mamlakatimiz turizm sohasida etarlicha reklama qilingan. Buxoro, Xiva, Samarqand kabi tarixiy shaharlarimiz evropalik sayyohlar orasida juda mashhur. Ko'pchilik mashinasida Buyuk Ipak yo'li bo'ylab sayoxatga chiqadi. Ammo futbol borasida mamlakatimiz jahonda unchalik mashhur emas. Bizda jiddiy muvaffaqiyatlarimiz bor: Biz Osiyo turnirlarida doimo etakchilar safida bo'lamiz. O'smirlar terma jamoamiz 2011 yilda Osiyo chempioniga aylandi. "Bunyodkor" Rivaldoni sotib olganida, bu haqida butun dunyo bildi. Lekin baribir bizni juda yaxshi bilishmaydi. Balki, Evropa terma jamoalari bilan ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishimiz kerakdir, federaciyamiz buni ustida ishlayapti. Ammo terma jamoamiz uchun eng yaxshi reklama - jahon chempionatida ishtirok etish".

O'zbekistonga avvalgi mundial saralashida JCHga chiqish uchun bir qadam etishmagan: 5-saralash bosqichida jamoa Iordaniyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgan (8:9). Denisov bu haqda eslashni yomon ko'radi: "Nimani his qilganim borasida izoh berish qiyin. Bizga bor-yo'g'i bitta gol etishmagan".


JCH-2018ga chiqish hammasini o'zgartiradi

O'zbekiston so'nggi yillarda Osiyo futbolida daxshatli kuch ekanligini ko'rsatib qo'ydi. "Sobiq Ittifoq yo'q bo'lganidan so'ng, ko'plab respublikalarda futbol borasida muammolar bo'ldi, ammo bizda emas. Moliyaviy tomondan kichik etishmovchiliklar bo'lgan, ammo biz yana futbol tizimini yaxshilashga urindik. Hammasi asta-sekinlik bilan o'zgarib bordi va bazi o'zbek klublari kuchli jamoalarga aylanishdi. Ko'plab klublarimiz chet mamlakatlarda yigin o'tkazib, turli jamoalar bilan uchrashuvlarda tajriba orttirishmoqda. O'sish bosqichma-bosqich amalga oshdi va bizda ajoyib avlod etishib chiqdi, ko'plab futbolchilar chet elning etakchi klublariga o'tishyapti".

JCH-2018ning ikkinchi saralash bosqichi O'zbekiston uchun omadsiz boshlandi - KXDRdan mehmonda 2:4 hiosbida mag'lubiyat qabul qilib olindi. "Bundan so'ng yangi murabbiy - Samvel Babayan keldi va u ko'p narsalarni o'zgartirdi: O'yin uslubi, taktika, yangi futbolchilar jalb qilindi va biz ketma-ket beshta g'alabaga erishdik! Agar keyingi bahslarda ham shunday borimizni berib harakat qilsak, xotirjamlik bilan guruhda birinchi o'rinni egallashimiz mumkin".

O'zbekiston JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritsa, ushbu muvaffaqiyat o'zbek futbolini yangi darajaga olib chiqadi. "Futbol federaciyamiz va umuman mamlakatimiz uchun ko'p narsalar yaxshi tomonga o'zgaradi. Yanada yuqori darajada o'yin namoyish etsak futbolchilarimizni butun dunyo yaxshiroq tanib oladi. Ammo buning uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz zarur".


Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика