Vitaliy Denisov: Futbolda murabbiylarni istefoga chiqarish ko'p uchraydi
06 okt 2018 12:23
Yangiliklar
Vitaliy Denisov: Futbolda murabbiylarni istefoga chiqarish ko'p uchraydi
Krilya Sovetov himoyachisi Vitaliy Denisov Andrey Tixonovning istefosiga izoh berdi.
Samara klubiga kecha Miodrag Bojovich yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.
- Andrey Tixonovning istefosi kutilganmidi?
- Bunday deyish qiyin. Bir tomondan quyi pog'onadamiz. Boshqa tomondan, futbolchilarga Andrey Valerevich bilan ishlash qulay edi.
Futbolda murabbiylarni istefoga chiqarish ko'p uchraydi. Qarorni rahbariyat qabul qiladi, futbolchilar bunga ko'nishlari kerak xolos. Tixonov bilan munosabatlarimiz yaxshi edi.
Endi Miodrag Bojovich bosh murabbiy bo'ldi. Uni jamoaga tanishtirishdi. Bojovich bilan «Lokomotiv»da birga ishlaganman. O'shanda hech qanday muammo bo'lmagandi. Bu murabbiy «Krilya»ni anchadan buyon kuzatib borayotgani ko'rinib turibdi, – deydi Denisov.
Fikrlar