Vitaliy Denisov: Futbolda murabbiylarni iste'foga chiqarish ko'p uchraydi

Narzulla Saydullayev
6 okt 2018, 12:23
Krilya Sovetov himoyachisi Vitaliy Denisov Andrey Tixonovning iste'fosiga izoh berdi.

Samara klubiga kecha Miodrag Bojovich yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

- Andrey Tixonovning iste'fosi kutilganmidi?

- Bunday deyish qiyin. Bir tomondan quyi pog'onadamiz. Boshqa tomondan, futbolchilarga Andrey Valerevich bilan ishlash qulay edi.

Futbolda murabbiylarni iste'foga chiqarish ko'p uchraydi. Qarorni rahbariyat qabul qiladi, futbolchilar bunga ko'nishlari kerak xolos. Tixonov bilan munosabatlarimiz yaxshi edi.

Endi Miodrag Bojovich bosh murabbiy bo'ldi. Uni jamoaga tanishtirishdi. Bojovich bilan Lokomotivda birga ishlaganman. O'shanda hech qanday muammo bo'lmagandi. Bu murabbiy Krilyani anchadan buyon kuzatib borayotgani ko'rinib turibdi, – deydi Denisov.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: match.tv