So’nggi yangiliklar

10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  2 10:05Сон Хин Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  6 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  1 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  8 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  11 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  4 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  12 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  98 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  6 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  9 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2

Vitaliy Denisov bugungi mashg'ulotlarda ham qatnasha olmadi Yangiliklar

Vitaliy Denisov bugungi mashg'ulotlarda ham qatnasha olmadi

O'zbekiston milliy terma jamoasining Qatarga qarshi o'yin oldi bugungi mashg'uloti to'liq tarkibda bo'ldi.

Kecha Aziz Haydarovni safdan chiqqanligi va Vitaliy Denisovni mashg'ulotda ishtirok etmagani haqida yozib o'tgan edik. Afsuski "Lokomotiv" himoyachisi bugun ham mashg'ulotlarda qatnasha olmadi. Hozircha uni Qatarga borishidan boshqa hech nima malum emas.

Mashg'ulotlar soat 19:20da boshlandi. Odatga ko'ra chigal yozdi mashg'ulotlar o'tkazilgach, murabbiylar taktik mashqlarga navbatni berishdi. Deyan Jurjevich Xitoy safariga hozirlik ko'rayapti. O'zbekiston - Suriya o'yiniga Xitoy va Qatardan "ayg'oqchilar" kelgani aytib o'tishimiz lozim. Huddi biz kabi, raqiblarimiz ham terma jamoamizni zimdan o'rganyaptilar.

Soat 20:00ga qadar davom etgan mashg'ulotning so'nggi daqiqalari burchak zarbasini to'g'ri amalga oshirishga qaratildi. Bugungi kunda terma jamoamizning eng og'riqli nuqtalaridan biri aynan shu bo'lib turibdi. Suriya bilan o'yinda O'zbekiston terma jamoasi, bir emas 17 (!!!)ta burchak zarbasini bajardilar. Ulardan faqat birginasi xavfli ko'rinish olgandi (yodingizda bo'lsa Geynrixning to'p uzatishidan so'ng Ahmedov to'xtatmay uni darvoza tomon yo'naltirgandi).

Ertaga terma jamoamiz charter reys bilan Qatar poytaxtiga uchib ketadilar. U erdagi o'yin mahalliy vaqt bilan soat 19:00da "Al Sadd" stadionida boshlanadi.


Bugun Vitaliy Jalilovning tug'ilgan kuni munosabati bilan uni tabriklashdi.



Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика