Vitaliy Denisov: "Agar "Zenit" bilan kichik to'qnashuv bo'lsa, tezda penalti qo'yishadi. Bizga kelganda esa o'ylanib qolishadi"
16 avg 2015 20:50
Yangiliklar


Vitaliy Denisov: "Agar "Zenit" bilan kichik to'qnashuv bo'lsa, tezda penalti qo'yishadi. Bizga kelganda esa o'ylanib qolishadi"
"Birinchi bo'limda biroz o'yinimiz qovushmadi. Keyin esa o'zimizga kela boshladik. "Terek" bahsda ikkinchi raqam bo'lishi aniq edi. Ustunlik qilishga harakat qildik, ammo birinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi.
Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynay boshladik, zonalar qidirdik, hujumchilarga to'pni yaxshiroq etkazib berdik, qanotdan uzatmalar berdik. SHkuletich bilan bo'lgan vaziyat... Hakam nima haqida o'ylaganini bilmayman. "Spartak" - CSKA o'yinini misol qilib olsak, orqadan berilgan zarba uchun tezda penalti qo'yildi.
Agar "Zenit" o'ynasa, kichik to'qnashuv uchun tezda penalti qo'yishadi. Biznikilar yiqilsa o'ylanib qolishadi va bu atayin bo'lmagan, ulgurmadi kabi gaplar... Bolalar bog'chasi. Odamlar qonunni o'z tarafiga burib oladi. Bir xil vaziyatda ikki xil qaror, bahonalar topishadi. Bu narsa menga yoqmaydi va jahlimni chiqaradi" - deydi Vitaliy Denisov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar