So’nggi yangiliklar

16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  2 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  22 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3

Vitaliy Denisov: "SHayx maydonga tushib, futbolchilarni maydonda olib chiqib keta boshladi" Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "SHayx maydonga tushib, futbolchilarni maydonda olib chiqib keta boshladi"

O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" himoyachisi Vitaliy Denisov SHimoliya Koreya haqida so'zlab berdi va Iroq shayxi hakam bilan kelishganini esladi.

- Yig'inlardagi odatiy savol: Tatilni qanday o'tkazdingiz?

- Samarali. Ayolim bilan Mayamida dam oldim. Quyosh-dengiz-plyaj, "maslkarlar" ("muscle car" - bu o'rtacha o'lchamdagi, katta quvvatga ega dvigatellar bilan jihozlangan mashina), kabrioletlar. Go'zallik!

- Nima bilan shug'ullandingiz?

- Sayr qildim, cho'mildim. Barcha markalar bor do'konlarda bo'ldim. U erda hamma narsa sotishadi - paypoqdan  shlyapagacha.

- Boyarsiydek (qo'shiqchi) shlyapa sotib olmadingizmi?

- Bosh kiyim kiymayman. Faqat qishda.

- Bu faoliyatingizdagi eng qisqa tatil bo'lsa kerak?

- Terma jamoa tufayli bir necha yil tatil bo'lmagan. O'shanda birdaniga 2-3 jamoada o'ynardim: Yoshlar, olimpiya va milliy. SHu sababli vaqtim bo'lmagan. Bu safar terma jamoadan oldin bir hafta va undan keyin yana bir hafta dam oldim.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida. SHimoliy Koreyaga borib kelganingiz haqida aytib bering.

- U erda hammasi yaxshiga o'xshadi. Masalan, o'tgan safar muxlislar bir xil rangda edi. Bitta sektorda qora, boshqasida oq, uchinchisida esa maktab bolalari kumush rangda o'tirishar edi. Hozir esa rang qo'shilgan, ishqibozlar turli ranglarda.

- Bu mamlakatda qanday muxlislik qilishadi?

- Har bir tribunada muxlislarning tuyg'ulari bilan ishlaydigan odam bor. Ular qachon baqirish, qarak chalish va taqqilatish kerakligini aytib turadi. Dirijyorga o'xshaydi. Ular faqat mezbonlarni qo'llab-quvvatlaydi, agar to'p muxlislarda bo'lsa jim-jitlik.

- Bolalar hozir ham tunda ko'chadagi chiroq nurida kitob o'qishyaptimi?

- O'shanda tunda borgan edik, endi esa kunning birinchi qismida. Samolyot qo'nadigan yo'ldan yurganida 50 kishi ko'rdim. Ular nega bu erdaligiga tushunmadim. Qayti ketishda buning sababini bildim: Ular samolyot yo'lini tozalashar ekan. SHokka tushdim. Polni yuvishga oddiy qarayman - ammo uchish yo'lini qo'lda tozalash - bu umuman boshqa narsa.

- Uchrashuv O'zbekiston terma jamoasining 2:4 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. Pxenyanda nima bo'ldi?

- Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik va darvozamizda 4ta gol olib chiqdik. Ikkinchi bo'limda ikki marta gol urdik va hisobni tengashtirishga va xatto hisobda oldinga chiqib olishga imkoniyat bo'ldi. Ammo qo'limizdan kelmadi. Alamli mag'lubiyat. Ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislardan ko'plab xabarlar oldim.

- O'yinni televizor orqali ko'rsatishdimi?

- Bilishimcha uchrashuv Internet orqali translyaciya qilingan. O'zbekiston terma jamoasi KXDRdek jamoaga bunday mag'lub bo'lmasligi kerak. Xatolarni hisobga olib, rejadagidek davom etish lozim.

- Reja qanday?

- Guruhda birinchi o'rinni egallash.

- Imkoniyatlar bormi?

- Bor-yo'g'i bitta uchrashuvda maydonga tushdik. KXDR va Filippinda 6 ochko bor, ammo oldinda o'yinlar ko'p. Yamanga qarshi uyda va Filippin bilan mehmondagi o'yinlarimiz sentyabrda bo'lib o'tadi va bu bahslarda biz 6 ochko olishga umid qilyapmiz.

- Siz terma jamoada deyarli 10 yil davomida o'ynab kelyapsiz. Bu vaqt ichidagi eng yorqin xotiralaringiz?

- 2006 yilda Osiyo o'yinlarida ishtirok etganmiz. Bu Olimpiadaga o'xshash turnir, ammo faqat Osiyo jamoalari o'rtasida. O'shanda jamoamiz tarkibi juda kuchli ed. Marat Bikmaev, Anzur Ismoilov, Timur Kapadze, Server Jeparov, Igor Taran, Aleksandr Geynrix. Tennischi, basketbolchi, bokschi va boshqalar bilan katta Olimpiya qishlog'ida yashaganmiz. Zo'r vaqtlar edi.

- Natija qanday bo'lgan?

- CHorak finalgacha etib borganmiz. Iroq bilan o'ynadik. Birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordik, ammo birinchi bo'limning oxirida Geynrix hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'lim boshida hakam gol urgan iroqliklar futbolchisini chetlashtirdi. O'shanday qandaydir sheyx maydonga tushib, futbolchilarni maydonda olib chiqib keta boshladi.

- O'yin paytida-ya?

- Ha, murabbiy uni tinchlantirishga urindi. Keyin sheyx hakamlarni chaqirib olib, ular bilan suhbatlashdi va o'yin davom etdi.


- Keyin nima bo'ldi?

- O'shanda, suhbatdan so'ng hakamlik juda yomon bo'ldi. Hakam bizga qarshi ishladi. Asosiy futbolchilarimizga sariq kartochkadan berdi, adashmasam, kimnidir chetlatdi ham. Natijada qo'shimcha vaqt bo'ldi va bu bo'limda Iroq gol urdi. Biz mag'lub bo'ldik.

- "Ludogorec"ga qarshi o'yinga "Loko"ning muxlislar oilasi etib keldi. Nikitaning otasi asli O'zbekistondan, ammo uzoq vaqtdan beri Avstriyada yashaydi. Bilishimcha, ular jamoa mashg'ulotini ko'rgani bormoqchi edi. Uchrashdingizmi?

- Ha, ularni ko'rdim. Oila boshlig'i otam o'ynagan paytlari Toshkentda "Paxtakor" o'yinlarini tomosha qilganini aytib berdi. U O'zbekiston terma jamoasining ishtirokini kuzatib borayotgan ekan, men uchun havotir oldi. Yangi mavsumda sog'liq va omad tiladi. Bunday paytlarda rosa xursand bo'laman.

- Adashmasam, sizning shaxsiy muxlislaringiz bor?

- Ha. Birining ismi Aleksandr, u Voronejdan. Biz do'stmiz, telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashib turamiz. U ham sportchi - amerikancha futbol bilan shug'ullanadi. Yaqinda uning jamoasi - "Moguchie Utki"ning o'yinida bo'ldim. Xazilkash yigitlar yig'ilgan (kuladi). Ularning baqiriqlari juda kulguli, ammo buni yozib bo'lmaydi.

- Yangi murabbiy bilan ilk yig'inlar. Nimalar o'zgardi?

- Jismoniy mashg'ulotlar ko'paydi. Ammo asosiy etibor taktikaga qaratilyapti. Murabbiylar qaysi vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini aytib turishibdi.

- CHerevchenkoning ustunligi nimada?

- CHerevchenko bizni ichimizdan biladi. U ikkinchi murabbiy bo'lgan, bunday insonlar esa o'zini boshqacha tutadi. SHu sababli, CHerevchenko bizni tushunadi.

- Kasaevning aytishicha, murabbiy bilan do'st sifatida suhbatlashish mumkin.

- Xuddi shunday.

- Alandan intervyu olganimda siz yonimizdan o'tib ketib, taroziga chiqdingiz va "yuuuuu-xu" deya baqirdingiz. Nima bo'ldi?

- Yig'inlarda ishtaxani tiyish qiyin. Tatilda esa dietaning deyarli iloji yo'q. Bu erda hammasi fiziologiyaga bog'liq. Masalan, men doimo vazn tashlashga harakat qilaman. Dima Tarasov esa, qancha ko'p ovqatlansa ham ozg'inligicha qoladi. Biroz bo'shashsam, tezda ortiqcha vazn paydo bo'ladi. Taroziga chiqqanimda xursand bo'lganimning sababi, 4 kg tashlaganim.

- Yo'g'e?

- Ha, ammo bu tasir qiladi. Vazn tashlasang - biroz qiyin bo'ladi. Kuch bo'lmaydi, uxlaging keladi. Vazn tashlash qiyin emas. Bir mashg'ulotning o'zida 3 kgsiz qolishim mumkin.

- Bunda velosiped yordam beradi. Velosiped Avstriyada "Loko" futbolchilarining mashhur transportiga aylangan ko'rinadi.

- O'tgan yili ham velosipeddan foydalanganmiz. Qishda Turkiyada baggidan (kichik mashina, karting mashinalariga o'xshaydi) foydalanganmiz. O'sha transportda mashg'ulotlarga borar edik. Asosiy farq - velosipedda pedal aylantirsangiz, baggida gazni bosasiz.

- Bir yil oldin Avstriyada bu darajada issiq bo'lmaganmidi?

- Yo'q, "+35" bu yaxshi. O'shanda yomg'ir yog'ib, sovuq shamol esgan. Hozir esa tongda osmonga qarasam bulutchalar. Bugun yomg'ir yog'sa kerak deb o'ylagandim. Ammo kechga yaqin havo yanada isiyapti.

- Dosh beryapsizmi?

- Ko'nikyapmiz. Bunga o'zimizni o'rgatishimiz lozim.

- Sizlar "Ludogorec" bilan o'ynagan stadion yonida temir yo'l o'tgan ekan.

- To'g'risini aytsam, poezdning ovozini eshitishmagunimcha, temiy yo'lga etibor bermagan ekanman. U o'tib ketdi, men esa gol urdim.

- Bolgariya chempioni bilan o'yin natijasiga qanday baho berasiz?

- "Ludogorec"dan o'tgan yilga qarzimizni uzganimizdan xursandman. Jarohatlarsiz o'yin bo'lganidan mamnun bo'ldim.

- Boshlang'ich tarkib hayron qoldirmadimi?

- Yangi limit tufayli murabbiy mavum uchun kerakli tarkibni yig'ib olyapti. Ammo shu bilan birga barchaga imkoniyat berish kerak. Kimgadir ko'proq, kimgadir kamroq. Jismoniy og'irlikka qarab. Murabbiy o'z vazifasini bajaryapti, kutilmagan voqea sodir bo'lgani yo'q.

- Rossiyadagi limit - bu majburiy chorami yoki buning keragi yo'qmi?

- Javob berish qiyin, men legionerman. Nima bo'lgan taqdirda ham o'z joyimda kuchli ekanligimni isbotlashim kerak. Bu ijobiy yoki salbiyligini vaqt ko'rsatadi.

- Jamoadoshlar bilan bir-biringizni tushunish yaxshilandimi?

- Butun mavsumni chap qanotda Kasaev bilan o'tkazdim. Bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Alanning o'rniga Anton Miranchuk tushdi. Ular Niasse bilan joy almashishdi. Murabbiy futbolchini turli joylarda sinab ko'rishi kerak. Bazida kimdur ampulasini o'zgartirishi ham mumkin.

- Jiddiy aytyapsizmi?

- Albatta. Hamma narsa bo'lishi mumkin.

- Balki siz ham gol urishni boshlarsiz?

- Men himochiman va kaminaning asosiy vazifasi darozamizni quruq saqlash. Zarba berish uchun imkoniyatlar bo'ladi, ammo men ko'proq to'p oshirishni xohlayman.

- O'tgan mavsumda nima ko'proq yodingizda qoldi?

- "Rubin" ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g'alaba. Ruhan og'ir bo'lgan, uzoq vaqt g'alaba qozonmayotgan edik. Uyda qozonliklarni mag'lub etib, chiroyli o'yin ko'rsatganmiz. "Dinamo"ga qarsh o'yin ham yodimda, 0:2 hisobida mag'lub bo'layotib "kambek" amalga oshirdik.

- Oldinda Superkubok uchrashuvi bilan boshlanadigan yangi mavsum kutib turibdi. Yulduzli "Zenit"ni mag'lub etish mumkinmi?

- Nima deganingiz yulduzli "Zenit"?

- Yulduzlar klubi.

- Masalan kim? Xalkmi?

- Yana Garay, Vitsel, Xavi Garsiya.

- Xalk - ha, ammo qolganlar... Yigitlar yaxshi chempionatlarda o'ynashgan, ammo ularga katta baho bermagan bo'lardim. "Amkar"ga qarshi o'yinni olsak - 0:1. Kubok o'yini - bu boshqacha uchrashuv, uni hech narsa bilan solishtirib bo'lmaydi. "Real" yoki "Barselona" bilan o'ynasang ham. Bu bitta bahs va hammasi tez hal bo'ladi. Yutasan yoki mag'lub bo'lasan. Bu chempionat emas.

- "Loko" Piterda anchadan beri g'alaba qozonmagan.

- Bu tezroq ro'y berishiga umid qilyapman. Biz hammamiz odamlarmiz, barchamizning tomirimizda qon oqib turadi. Kimda xohish katta bo'lsa o'sha g'olib.

- "Zenit" uyida o'ynaydi. Bu ularning ustunligi.

- Qo'rqinchli hech narsa yo'q. Piterda o'ynaymiz. Uyda devorlar ham yordam beradi, ammo o'yin taqdiri tribunada emas, maydonda hal bo'ladi.

- Garay ishtirok etgan Amerika Kubogini ko'rdingizmi?

- Finalni bu erda ko'rsatishmadi, ungacha esa vaqt bo'lgani yo'q. CHili terma jamoasini biroz kuzatdim. Ularda yaxshi jamoa yig'ilibdi. Finalda ularga muxlislik qildim.

- Ayolingiz Anastasiya bilan qanchadan beri tanishsiz?

- 2014 yilning martida tanishib qolganmiz.

- Bu go'zalga qaerda duch kelgansiz?

- "Dnepr"dan "Lokomotiv"ga o'tgan edim. Ukrainalik do'stlarim ajrashganimni bilishardi va meni bu chiroyli qiz bilan tanishtirib qo'yishdi. Uning Kievda biznesi bor edi, go'zallik saloni.

- Anastasiyani umr yo'ldoshi sifatida tanlashingizga qaysi sifatlar sabab bo'ldi?

- Anastasiya etiborli, tartibli ekanligini sezdim. Nimadur qilishim kerak bo'lsa, u menga eslatib qo'yadi.

- Unga turmushga chiqish uchun taklifni qanday amalga oshirdingiz?

- Syurpriz qilimoqchi bo'ldim. U uxlayotganida qo'liga uzuk taqib qo'ymoqchi edim, chunki uyg'onganida xursand bo'lishini istagan edim. ammo Anastasiya uxlamayotgan ekan va rejam o'xshamadi. CHiroqni yoqib, hammasini tushundi. Keyin esa, xursandchilik, baxt ko'z yoshlari.

- Qaerda va qanday turmush qurdingiz?

- Hozircha bu sodir bo'lgani yo'q. To'yni keyingi yilda o'tkazishga umid qilyapmiz.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика