Vitaliy Denisov: "Bu kun hayotimdagi unutilmas kunlardan biri bo'ldi"
22 may 2015 05:00
Yangiliklar


Vitaliy Denisov: "Bu kun hayotimdagi unutilmas kunlardan biri bo'ldi"
O'zbekiston terma jamoasi hamda Lokomotiv himoyachisi Vitaliy Denisov Rossiya Kubogi sohibi bo'lganidan so'ng klub rasmiy saytiga final haqidagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hissiyotlarni so'z bilan ifodalab berish qiyin. Bu mening hayotimdagi eng unutilmas va muhim kunlardan biri. Barchasi biz uchun juda og'ir bo'lgandi. Meni xatoim tufayli gol o'tkazib yuborgandik. Lekin biz taslim bo'lmadik! CHerevchenko bizga juda katta yordam berdi. Biz haqli g'alabaga erishdik", - deydi Rossiya Kubogi sohibiga aylangan Vitaliy Denisov.

Fikrlar