Vitaliy Denisov: "Bojovich "Lokomotiv"ga yangi taktika, muhit va qoidalar olib keldi"
19 okt 2014 10:47
Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "Bojovich "Lokomotiv"ga yangi taktika, muhit va qoidalar olib keldi"
Miodrag Bojovichning "Lokomotiv" klubiga kelishi ko'p narsani o'zgaririshga sabab bo'ldi deydi o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov "Terek" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng.
Kechagi bahs Bojovich uchun "Loko"dagi dastlabki rasmiy o'yin bo'ldi. Unda "temiryo'lchilar" 2:1 hisobida zafar quchishdi.
"Barchasi o'zgardi: muhit ham, mashg'ulot jarayoni ham, taktika. Yangi murabbiy - yangi qoidalar. Bunday vaziyatlarda ko'proq futbol haqida o'ylaymiz, - deydi Denisov. - Ammo hali qiladigan ishlarimiz ko'p. Darhol yangi jamoa tuzib bo'lmaydi, bugun uch ochko olishimiz muhim edi".

Fikrlar