Vinisius matbuot anjumanida yig'lab yubordi
26 mar 2024 08:15
Yangiliklar


Vinisius matbuot anjumanida yig'lab yubordi
Braziliya terma jamoasi azosi Vinisius Junior Ispaniya - Braziliya o'yinidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida irqchilik borasida berilgan savolga javob berish jarayonida yig'lab yubordi.
Braziliya terma jamoasi azosi Vinisius Junior Ispaniya — Braziliya o'yinidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida irqchilik borasida berilgan savolga javob berish jarayonida yig'lab yubordi.
"Bu har kuni, har o'yinda kuzatilayotgani achinarli. Men faqat futbol o'ynamoqchiman. Men buni oilam va klubim uchun qilaman. Hech qachon qora tanli insonlarni rangi sababli tahqirlanishlarini istayman. Bu yurakka juda yomon tasir qiladi. Men irqchilik bilan nafaqat Ispaniyada balki dunyoning barcha mintaqasida to'qnash kelmoqdaman.
Meni qo'llab-quvvatlayotgan ispaniyalik o'yinchilarga minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, kelajakda irqiy kamsitishlar kamayib borib, odamlar bunday holatga duch kelishmaydi", — dedi Vini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar