Vinisius – ECHLda hafta futbolchisi. "Real" vingeri Rafinya, Minamino va Reyndersni ortda qoldirdi
24 okt 2024 20:00
Yangiliklar


Vinisius – ECHLda hafta futbolchisi. "Real" vingeri Rafinya, Minamino va Reyndersni ortda qoldirdi
Vinisius Junior CHempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Real" vingeri Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bahsda xet-trik qayd etdi – madridliklar birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobida ortda qolayotganiga qaramay, g'alaba (5:2) qozonishdi.
Guruh bosqichi 3-turning "Eng yaxshi futbolchisi" nomiga "Barselona" vingeri Rafinya Dias ("Bavariya" bilan xet-trik), "Monako" yarim himoyachisi Takumi Minamino ("Crvena Zvezda" bilan dubl+assist) va "Milan" xavbeki Teyani Reynders ("Bryugge" bilan dubl) davogar edi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar