"Vilyarreal" "Uotford" o'yinchisi Estupinyanni 15 mln funtga xarid qildi va u bilan 7 yillik shartnoma imzoladi
17 sen 2020 10:38
Yangiliklar
"Vilyarreal" "Uotford" o'yinchisi Estupinyanni 15 mln funtga xarid qildi va u bilan 7 yillik shartnoma imzoladi
"Vilyarreal" "Uotford" himoyachisi Pervis Estupinyan bilan shartnoma imzoladi.
22 yoshli o'yinchi bilan tuzilgan bitim 7 yilga mo'ljallangan.
Ingliz klubining xabariga ko'ra, perulik futbolchining transfer narxi 15 million funt (16,4 million evro) atrofida tashkil etmoqda.
Estupinyan ingliz klubida o'ynamadi. U o'tgan mavsumni ijara asosida "Osasuna"da o'tkazdi. Futbolchi 36ta o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimi bo'yicha 6 ochko (1+5) jamg'argan.
Fikrlar