"Vilyarreal" Evropa Ligasidagi 41-o'yinda g'alaba qozondi. Undan oldinda faqat "Sevilya" (42)
06 noy 2020 11:00
Yangiliklar


"Vilyarreal" Evropa Ligasidagi 41-o'yinda g'alaba qozondi. Undan oldinda faqat "Sevilya" (42)
"Vilyarreal" kecha Evropa Ligasi guruh bosqich 3-turi doirasidai Tel-Avivning "Makkabi" (4:0) jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.
"Sariq suvosti kemasi" bu musobaqadagi 41-g'alabasini ko'lga kiritdi va bu borada 42ta o'yinda g'alaba qozongan "Sevilya"ga yaqinlashib oldi.
Top-5'da shuningdek "RB Zalcburg" - 39 g'alaba, Lissabonning "Sporting" - 32, "Benfika", "Atletiko" va "Lacio"da esa Evropa Ligasida esa 30ta g'alaba bor.
Eslatib o'tamiz, Evropa Ligasida g'olib chiqish bo'yicha mutlaq rekordchi "Sevilya"(6ta chempionlik) hisoblanadi. ECHLda ham ispan klubi ("Real" - 13 marta) bu borada tengsiz bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar