Vilya JCH-2014dan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi
04 iyu 2014 20:12
Yangiliklar
Vilya JCH-2014dan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi
"Nyu-York Siti" futbolchisiga aylangan David Vilya JCHdan so'ng Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini aytib o'tdi.
"Jahon chempionatida men Ispaniya terma jamoasi safidagi so'nggi o'yinimni o'tkazaman", - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Vilya Ispaniya terma jamoasi safida urilgan gollar bo'yicha rekordchi hisoblanadi. U 94 ta o'yinda 56 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Fikrlar