So’nggi yangiliklar

17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  0 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  0 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   1 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  1 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0 14:07"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди  0 13:39Мюллер: "Бавария" ҳаво иссиқлигига қарамай, "Окленд Сити" билан ўйинда яйради"  0 13:12Руслан Жиянов: "Чемпионлик учун охиригача курашамиз"  11 12:55Акмал Мозговой: "Ҳар бир жамоа бизга қарши борини бериб ўйнайди"  7 12:40"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон ва Украина беллашувини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью  13 12:27Эшитдик-да! "Нефтчи" Ўзбекистон МТЖнинг икки аъзосига қизиқмоқда  17 12:06"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман"  15 11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  4

Viloyat hokimi “Qizilqum” futbolchilari bilan uchrashdi Yangiliklar

Viloyat hokimi “Qizilqum” futbolchilari bilan uchrashdi

Teglar :  Qizilqum
Hademay, millionlab muxlislarimiz orziqib kutgan damlar boshlanadi. 5 mart kuni O'zbekiston XXV milliy chempionati oliy liga uchrashuvlari boshlanadi.

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rishga harakat qildi. Jamoa azolarining bir necha bosqichda o'quv-mashg'ulotlari uyushtirishlari uchun xomiylar tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Konchilar Navoiydan tashqari, Farg'ona va Toshkent shaharlarida yig'inlar o'tkazib, o'ndan ziyod sinov nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdilar. SHuningdek, 26 yanvar - 7 fevral kunlari tashkil etilgan Farg'ona viloyati Hokimi kubogi ananaviy turnirida muvaffaqiyatli qatnashdi.

Bir qator yangi futbolchilar murabbiylar ko'rigidan o'tdi. Mutaxassislar ishonchini oqlagan Ilhom Yunusov, Alisher Yusupov (“Nasaf”), Vyacheslav SHevchenko (Ukraina), Otabek Narzullaev (“Buxoro”), Nodirxon Kamolov (“Neftchi”), Eliyor Akbarov (“Cementchi”) kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolandi.

“Qizilqum” jamoasi yangi mavsumdan boshlab uy uchrashuvlarini yana Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasida o'tkazadi. Stadionda katta hajmdagi rekonstrukciya ishlari amalga oshirilib, chiroyli va hujumkor o'yinlar namoyish etish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Futbol maydoni janubiy koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda qaytadan tayyorlanib, xorijdan maysalar keltirildi. Bu esa stadionda yilning istalgan faslida ajoyib futbol namoyish etish imkonini beradi.

Futbol maydoniga xalqaro talablarga javob beriladigan darvozalar o'rnatildi. Bundan tashqari, stadionning yuvinish va kiyinish xonalari jahon andozalariga mos ravishda qaytadan jihozlandi.

Stadion futbol maydoni maysalariga ishlov berish uchun Germaniya va Gollandiya davlatlarida ishlab chiqarilgan maxsus texnikalar olib kelindi.

Bugun, yani, 4 mart kuni Navoiy viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov “Yoshlar” sport majmuasiga tashrif buyurib, “Qizilqum” jamoasi azolarining mashg'ulotlarini kuzatdi. Mashg'ulotlar oxiriga etgach, Erkinjon Oqbo'taevich jamoa murabbiylar shtabi hamda futbolchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog'ida viloyat rahbari navoiylik ko'ponli muxlislarning yangi mavsumda “Qizilqum” jamoasidan umidlari katta ekanligi, futbolchilarning yuqori saviyada futbol namoyish etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini alohida takidladilar. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov do'stona va samimiy ruhda kechgan suhbat oxirida yangi mavsumda “Qizilqum” futbolchilariga faqat omad yor bo'lishini tiladilar.

Eslatib o'tamiz, birinchi turdan joy olgan “Qizilqum” - “Mashal” jamoalari uchrashuvi 5 mart kuni soat 17.00 da boshlanadi. Bu o'yin Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика