Vilmots qiyin ahvolda, federaciya uning yonini olmayapti
29 noy 2019 11:18
Yangiliklar


Vilmots qiyin ahvolda, federaciya uning yonini olmayapti
Malumki, eronliklar JCH-2022 saralash bahslarida yomon ishtirok etishyapti. Jamoa shu paytgacha to'rtta o'yin o'tkazib, shundan ikkitasida g'alaba qozondi va ikki bor mag'lub bo'ldi. Natijada mahalliy matbuot belgiyalik murabbiyning istefosini talab qila boshladi.
SHundan so'ng Mark Vilmots Eron terma jamoasidagi kelajagi xususida o'z fikrini bayon etdi: "Men ko'plab noto'g'ri malumotlarni o'qiyapman. Haqiqat shuki, federaciya mening tarafimni olmayapti va shartnoma bo'yicha men va yordamchilarimga hech qanday amaliy yordam ko'rsatmayapti".
"Hozirgi kunda advokatlarim bu ish bilan mashg'ul, shu bois ko'p gapirmoqchi emasman. Qiyin vaziyatda federaciya murabbiylar tomonida bo'lishi kerak deb o'ylayman, hozir esa go'yoki hamma menga qarshidek".
Eslatib o'tamiz, Eron saralash o'yinlarida Bahrayn va Iroqdan mag'lub bo'ldi. Mahalliy OAV terma jamoa ruliga Branko Ivankovich kelishini jar solish bilan ovora.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar