Vilmots Eron terma jamoasidan ketdi
05 dek 2019 18:28
Yangiliklar


Vilmots Eron terma jamoasidan ketdi
Belgiyalik mutaxassis Mark Vilmots Eron terma jamoasi bosh murabbiyligidan istefoga chiqdi.
Bu haqda Vilmotsning o'zining shaxsiy "Tvitter" sahifasida xabar berdi.
Murabbiyning yozishicha, Eron futbol federaciyasi u bilan tuzilgan shartnomada ko'rsatilgan majburiyatlarni bajarmagan.
50 yoshli mutaxassis bungacha Kot-d'Ivuar terma jamoasida ishlagan. Undan oldin esa Belgiya termasini 4 yil davomida boshqargan va jamoani JCH-2014 va Evro-2016 1/4 final bosqichlariga qadar olib chiqqan.
Eslatib o'tamiz, Eron terma jamoasi JCH-2022 saralashi Osiyo mintaqasi "C" guruhida 3-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar