Villian kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi
22 apr 2021 00:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632867_original.jpg)
![](/upload/storage/632867_220.jpg)
Villian kelajakdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi
Braziliyalik futbolchi faoliyatini AQSHda yakunlamoqchi.
"Arsenal" vingeri Villian London klubi bilan shartnomasi tugaydigan davrdagi rejalari haqida gapirdi.
"Arsenal"dagi faoliyatim tugagandan so'ng Amerikada o'ynashni xohlayman. Evropada qolishim mumkin, aniq bilmayman, ammo hozirda mening maqsadlarimdan biri – faoliyatimning biron bir qismida Amerikaga yo'l olish.
Kelajakda agent bo'lishni xohlayman. Men allaqachon o'zimni ushbu kasbga tayyorlamoqdaman va bu yo'nalishda ishlashni boshladim. Ushbu sohani tanlashimning sababi – futbolni yaxshi ko'raman va sportda qolishni istayman. Men bu sohada ishlashni xohlayman, lekin menejer yoki murabbiy bo'lishni emas. Ozroq ommadan chetda bo'lishni, lekin shu bilan birga futbol bilan shug'ullanish istagidaman", – deydi braziliyalik.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar