Villian kelajagi borasida bir qarorga keldi
21 fev 2020 08:10
Yangiliklar
Villian “CHelsi” rahbariyatiga agarda klub bilan yangi shartnoma imzolamaydigan bo'lsa, jamoadan ketishini va Londonning boshqa klubiga o'tishini malum qilgan. Hozircha “CHelsi” va Villian o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. Villianning o'zi Londonda qolishni xohlamoqda. Boisi ushbu shahar futbolchi va uning oilasini to'la qanoatlantirmoqda. U agar “ko'klar” bilan shartnomani uzaytiramasa, “Arsenal” yoki “Tottenxem”dan biriga o'tishga tayyor. Malumot uchun, Villian 2013 yildan beri “CHelsi” safida to'p tepib kelmoqda.
Fikrlar