Villiams do Nasimento: “Biz munosib raqibga qarshi bahs olib bordik”
17 avg 2016 15:25
Yangiliklar
Villiams do Nasimento: “Biz munosib raqibga qarshi bahs olib bordik”
Keskin bo'lgan o'yinda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi (3:3). Uchrashuvdan so'ng Ozarboyjon termasi futzalchisi Villiams do Nasimento o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Kecha biz tayyorgarlikdagi ilk o'rtoqlik uchrashuvimizni o'tkazdik. O'yin biz kutgandan ham qiyin tus oldi. Ko'plab golli vaziyatlardan foydalana ololmadik. O'zbekiston terma jamoasida juda ko'plab mahoratli futzalchilar jamlangan ekan, murabbiy ham ispaniyalik. Ozarboyjon termasida ham mahoratli futzalchilar etarlicha. Menimcha biz munosib raqibga qarshi bahs olib bordik. Albatta Ozarboyjon terma jamoasida mahalliylashtirilgan futzalchilar jamlangan. Kuni kecha yurtingizga kelib joylashdik va ertasi kuni o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Toshkent shahrini tomosha qilish uchun bizda vaqt bo'lmadi. Bu erga kelganimizdan xursandmiz”, - deydi Ozarboyjon terma jamoasi futzalchisi Villiams do Nasimento.
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar