Villi Sanol: “Real” Pogbani sotib olmoqchi, MYU bu transferdan faqat foyda ko'radi”
27 apr 2020 23:40
Yangiliklar


Villi Sanol: “Real” Pogbani sotib olmoqchi, MYU bu transferdan faqat foyda ko'radi”
Franciya terma jamoasining sobiq himoyachisi Villi Sanol MYU yarim himoyachisi Pol Pogbaning “Real”ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Bu transfer amalga oshishi uchun barcha sharoit etarli. Pogbani “Real” safida Franciya termasi darajasida o'yin ko'rsatishiga ishonaman.
“Real” Pogbani sotib olishni istamoqda, futbolchi ham Madridga ko'chib o'tishga qarshi emas. “Manchester Yunayted” hm bu transferdan mamnun bo'ladi. Inglizlar Pogbaning transferidan yaxshigina mablag' ishlab olishadi. Qolaversa, manchesterliklar unga katta maosh to'lashdan ham qutulishadi. SHu sababli ushbu transfer amalga oshishiga ishonayapman”, deya Sanolning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar