So’nggi yangiliklar

12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  0 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  0 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  6 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  9 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3

Viktor Xermans: "Hakamlik yomon bo'ldi, lekin O'zbekistonni tabriklayman" Yangiliklar

Viktor Xermans: "Hakamlik yomon bo'ldi, lekin O'zbekistonni tabriklayman"

O'zbekiston va Tailand terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng, tailandliklar bosh murabbiyi Viktor Xermans jurnalistlar savollariga javob berdi.
“Bugungi uchrashuvda finalni ko'zlab maydonga tushgandik. Tarkibni almashtirib o'ynadik, ularni finalga charchab qolishmasin degandik. O'zbekistonni finalga chiqqani bilan tabriklayman. Ammo hakamlik juda yomon bo'ldi. Bu musobaqa kutilmagan natijalarga boy bo'lmoqda. Osiyoda futzal rivojlanib bormoqda. Biroq hakamlik bunga mos bo'lmayapti, yonimizdagi hakam umuman hushtak chalmadi. Faqat biz xato qilgandek bo'lib chiqdik. Qaytaraman, O'zbekiston uchun xursandman”, - deydi Xermans.

- Xose Mariya Mendezning Tailand terma jamoasini yaxshi bilishi natijaga tasir qildimi?
- U Tailandga 2012 yilda kelganida terma jamoa yangi tuzilgandi. “CHonburi”da ishlaganida terma jamoaning deyarli barcha futzalchilari bu klubda o'ynardi. Men 8ta mamlakatda ishlaganman. Pulpis ham buni bilardi.

- Balki Tailand terma jamoasi asosiy vaqtda durangdan ko'ra g'alabaga haqliroqmidi?
- Yo'q bugun teng o'yin bo'ldi. Faqatgina raqib o'ynovchi darvozabonni tushirgani uchun gol urib durang qayd etdi.

- O'zbekiston Supxavutni o'yindan chiqarib qo'ydi. Bu o'yinga qanchalik tasir qildi?
- Uni hech kim o'yindan chiqargani yo'q deb o'ylayman. Supxavut O'zbekiston terma jamoasida bo'lganida juda ham yordam bergan bo'lardi. U tailandlik.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida qanday xulosalaringiz bor?
- Bu erga O'zbekiston haqida gapirish uchun kelmadim. Uzr bu savolga javob bera olmayman.
Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика