Viktor Osimxen "CHelsi" bilan kelisha olmasa, Evropani tark etadi!
29 avg 01:20
Yangiliklar
Viktor Osimxen "CHelsi" bilan kelisha olmasa, Evropani tark etadi!
Futbolchi Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin.
"Napoli" klubi hujumchisi Viktor Osimxen "CHelsi" bilan kelishuv amalga oshmasa, Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga o'tadi. Xabar berilishicha, saudiyaliklar Osimxen uchun taklifni 70 mln evrogacha oshirishgan.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Al Ahli" rahbariyati bugun Italiyaga uchib boradi va Osimxen bilan muzokaralarni davom ettiradi. Bu transfer "CHelsi" bilan muzokaralar barbod bo'lgan taqdirdagina amalga oshadi.
Malumot uchun, "CHelsi" ayni damda Osimxen bilan maosh va boshqa shartlar bo'yicha muzokara o'tkazmoqda.
O’xshash yangiliklar
15:26
MYU va "Man Siti" Gyokeresh uchun kurashga kirishmoqda, klublar 65 mln funt to'lashga tayyor 4
Fikrlar