Viktor Lindelof: "Lids"ga qarshi o'yinni belimdagi og'riq bilan o'tkazdim"
21 dek 2020 22:29
Yangiliklar


Viktor Lindelof: "Lids"ga qarshi o'yinni belimdagi og'riq bilan o'tkazdim"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Viktor Lindelof APLning 14-turi doirasidagi "Lids"ga qarshi o'yinni belidagi og'riq bilan o'tkazganini aytdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi. So'nggi oylar davomida belimdagi jarohatim sababli qiynalib yurgandim, shu sababdan to'g'ri davolanib, tiklanish kerak edi.
"SHeffild"ga qarshi o'yinda tizzadan zarba qabul qilib oldim. "Lids"ga qarshi o'yinda holat 50ga 50 edi. Garchi belimda og'riq bo'lsa-da, o'ynashga intildim. Jamoaga yordam berishni istadim. Menga oson bo'lmadi.
Ushbu klubda o'ynagandan keyin doimo sovrin olishga harakat qilasan. CHorshanba kuni bu yo'lda bizni muhim o'yin kutib turibdi.
Ayni damda o'yindan o'yinga tayyorlanish jarayoni ketyapti. Tarkibning katta qismi ushbu davrda o'zini ko'rsatishi kerak", - dedi Lindelof.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar