So’nggi yangiliklar

23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  0 23:15Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море" (онлайн ҳисоб)  20 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  29 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0

Viktor Kumikov: "Yutgan o'yinimizdan hamisha qoniqaman" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Yutgan o'yinimizdan hamisha qoniqaman"

“Andijon” – “Xorazm” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlarini bildirdi.

  O'yin to'liq nazoratimiz ostida o'tdi, vaziyatlar yaratdik va shunga yarasha ikkinchi golni ham urish arafasida turgandik. Lekin o'tkazib yuborilgan gol bizga yana bir bor xushyorlikni oshirishimizni eslatib qo'ydi. O'ylaymanki, kerakli natijaga erishdik. Menimcha, yaxshi o'yin ko'rsatib, matonatli g'alabaga erishdik. 

-  Safarda “Xorazm”ga 3:0 hisobida yutqazgandinglar. Bugun esa 2:1 hisobida yutdinglar. Ushbu natijadan qoniqdingizmi?

-  Bugungi o'yindagi natijani nazarda tutayotgan bo'lsangiz, albatta qoniqdim. Yutgan o'yinimizdan hamisha qoniqaman. Odatda, doim jurnalistlarimiz natijadan qoniqishmaydi. Ko'rgan bo'lsangiz, bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Hatto 5:0 hisobida ham yutishimiz mumkin edi. Ikki marta to'p darvoza ustuniga tegdi, bir necha bor darvozabon mahorat ko'rsatdi. Bu to'plar nisbatiga qaraladigan Kubok o'yini emas-ku, asosiysi g'alaba qozondik. O'rni kelganda shuni takidlashim joizki, “Xorazm” juda yaxshi jamoa. Ular doim chiroyli o'yin namoyish etishadi. Biz ularni yutdik. Golgacha hammasi yaxshi edi. Afsuski, o'tkazib yuborilgan goldan keyin biroz  pala-partishlik yuzaga keldi. O'sha golni o'zimiz olib keldik, ungacha ular darvozamizga aniq zarba ham yo'llamagan edi. Agar bu gol bo'lmaganida yana ko'proq gol urgan bo'lardik. 

-  Nima sababdan oxirgi daqiqalarda o'zgarishlarga qo'l urdingiz?

-  Zaxirada asosan tajribasi kam o'yinchilarimiz bor edi. Asosiy o'yinchilarimiz yo'q edi. SHerzod Esonov terma jamoada, Azamat Isroilovda jarohat bor. Bobur Davlatov ham safdan chiqqan. SHu bois yoshlarga imkoniyat berishga qaror qildim. Asosiy ishni bari tajribali yoshi katta o'yinchilarimiz hal qilyapti. Ular gol uryapti, 2:0 bo'lib turganda ertaroq  tushirsak bo'lardi, ammo o'yinga qarab o'yinchi almashtirish kerak.

-  “Andijon” bitta golni tushunarsiz holatda o'tkazib yubordi. Bu jarayonda nima bo'lgandi? Hozir echinish xonasida futbolchilar bilan gaplashdingizmi?

-  Darvozabon bilan gaplashdim, u hech nima demadi. Ildar Mamatkazin ko'li bilan ko'rsatdi, bu vaziyatda boshqa fikr bildirishim qiyin. Bu vaziyatda aniq o'ynash kerak edi. Darvozabon bilan himoyachi bir-birini tushunishi va qanday holat bo'lishini oldindan bilishlari kerak edi. Darvozabon hech nima demasa, himoyachi boshqacha yo'l tutishi lozim edi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика