Viktor Kumikov: "Nihoyat..."
17 okt 2021 20:11
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Nihoyat..."
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Andijon" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirdi.
"Nihoyat, bitta o'yinda ikkita gol ura oldik, bu – yaxshi, ammo ikkita gol o'tkazib yubordik, bu – yomon. Kamiga oddiy vaziyatlardan gol o'tkazdik, ayniqsa, birinchi gol. Ikki raqib olti nafar futbolchimizga qarshi o'ynab, to'p kiritdi.
Afsuski, vazifaning faqat bir qismini bajara oldik, gollar urdik. Gol o'tkazmaslikni bajara olmadik.
Bunday maydonlarda bizga o'ynash qiyin, sababi Andijondagi maydon sifati boshqacha. "Lokomotiv" maysasida to'p juda tez harakatlanadi va mezbonlar yana gol urishi mumkin edi.
Agar musobaqa jadvalidagi holatimizni inobatga olmasak, durang balki yomon natijamasdir, ammo g'alaba qozonsak, zo'r bo'lardi", – dedi Viktor Kumikov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar