So’nggi yangiliklar

01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0

Viktor Kumikov: "Natijadan qoniqish hosil qildim, o'yindan esa yo'q" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Natijadan qoniqish hosil qildim, o'yindan esa yo'q"

Pro liga 15-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Turon" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

"Bugungi uchrashuvni yutishimiz shart edi. Asosiysi, natija. Xatolar keyingi darajada. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Tanaffusdan keyin xatolar kuzatildi. Bunga nima sabab bo'lganiga tushunganim yo'q. Bularni albatta ko'rib chiqamiz va xulosa qilamiz. Qolaversa, himoyachilarimiz tartibli futbol o'ynagani yo'q", – dedi Kumikov.

- O'yindan qoniqdingizmi?

- Natijadan qoniqish hosil qildim, o'yindan esa yo'q. Hujumda rejadagidek o'yin ko'rsatdik. Gol urdik va qarshi hujumda harakat qildik. Himoyada esa ishlarimiz o'zimiz kutganchalik chiqmadi. 

- Oxirgi daqiqalarda jamoaga nimadir bo'ldimi?

- Aytdim-ku, men ham tushunmadim. Asosiy xato markaziy himoyada yuz berdi. Adashmasam, uchta holatda himoyachilarimiz o'z darajasida o'yin ko'rsatgani yo'q. 

- "Turon" oxirgi daqiqaga qadar hujum qildi...

- Albatta, raqib 0:1 hisobida yutqazyapti, tabiiyki, ular hujumga o'tishadi. Xattoki, markaziy himoyachilari ham hujumda ko'rinish berdi. Menga qolsa, ko'p hujum qilib, yutqazgandan ko'ra himoyaviy o'ynab, g'alaba qozonganimiz yaxshiroq.

- Keyingi o'yinga taktika qanday ko'rinishda bo'ladi?

- Faqat yutuq uchun bo'ladi, albatta.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика