Viktor Kumikov: "Maqsadimiz g'alaba qozonish edi"
16 iyu 2017 10:57
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Maqsadimiz g'alaba qozonish edi"
- Viktor Balyutovich, bo'lib o'tgan o'yin borasida fikringiz.
- Bu uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilgandik va bunga erishdik. O'yin borasida nima deyishim mumkin. Bugungi raqibimiz kuchli va to'pni nazorat qila oladigan jamoa bo'lganligi sabab, shogirdlarimga ularni pressing orqali to'psiz qoldirish va qarshi hujumlardan hamda standart vaziyatlardan unumli foydalanishni uqtirgandim.
- Bugun Yelich jarimadan gol urishga erishdi.
- Ha jamoamizda Dilshod Jo'raev va Igor Yelich jarima to'plarini tepib turishadi. O'yindan avval imkoniyat bo'lsa darvozaga to'g'ri zarba berishni aytganman. Bu har doim ham o'xshamagan. Mashg'ulotlarda buni takrorlashgan ko'rinadi. Yelichni goli tasodifiy bo'ldi deyish mumkin.
- Raqib borasida qanday fikrdasiz.
- "Paxtakor" o'z o'yin uslubiga ega jamoa. Ular namoyish etadigan o'yin muxlislarga yoqadi. Bugun raqib jamoa safida ham bir qator yo'qotishlar bor edi. SHuningdek, bizda ham Kasminin bugun maydonga tusha olmasdi. O'ylaymanki, bu jamoa ikkinchi davrada ancha kuchayadi.
Fikrlar