So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  0 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  12 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

Viktor Kumikov: "G'alaba qozonsak nohaqlik bo'lardi" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "G'alaba qozonsak nohaqlik bo'lardi"

Teglar :  Viktor KumikovAGMK
Superliga doirasidagi "Bunyodkor" - AGMK (1:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

- O'ylashimcha, natija haqqoniy bo'ldi. Agarda biz g'alaba qozonganimizda nohaqlik bo'lardi. CHunki o'yin bobida "Bunyodkor" yaxshi ko'rindi. Ular ko'proq hujumga o'tishdi va vaziyatlar yaratishdi. Ammo ikkinchi tarafdan olib qaraganda, uchrashuv so'nggida gol qo'yib yuborish juda alamli.

To'g'risini aytadigan bo'lsam, jamoamdan yaxshiroq futbolni kutgandim. CHunki yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida juda samarador yig'inlarni o'tkazgandik. Bugun jamoamni tanimadim.

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira olishmadi. Aksincha ular mavjud o'yinimizni kuchsizlantirib qo'yishdi. Faqatgina G'ulomhaydar G'ulomov bergan ko'rsatmamni yaxshiroq bajardi. No'monov va Polvonov o'zlaridan talab etilgan o'yinni namoyish eta olishmadi. Zafar Polvonov aslida asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. Balki u o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlaydigan bo'lsa o'zini yaxshi his etishi mumkin.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика