Viktor Kumikov: "Bugungi o'yin biz uchun - fojia"
04 noy 2021 18:14
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Bugungi o'yin biz uchun - fojia"
Superliganing 24-turidan o'rin olgan AGMK - "Andijon" (3:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz uchun bugun o'yin emas, fojia bo'ldi. 2:0 hisobida oldinda borib, so'nggi 20 daqiqada uchta gol o'tkazib yuborish... Bilmadim. Ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olganimizdan keyin hech nima o'xshamadi, kurashlarni ham yutqazdik. Aslida aksincha ishonch berishi kerak edi, balki yigitlar 2:0dan qo'rqib ketishgandir. Balki 1:0 bo'lib turganida yutarmidik.
Biz "Metallurg" bilan bahsda ham so'nggi uch daqiqada ikkita gol o'tkazib yuborib, yutqazgandik.
Etakchilarga qarshi yaxshi o'ynayapmiz? Undan ko'ra yomon o'ynab natija qayd etganimiz yaxshi edi", - dedi Viktor Kumikov.
Fikrlar