Viktor Kumikov: "Bizga juda zarur bo'lgan ijobiy natijani qo'lga kiritdik"
07 may 2022 20:10
Yangiliklar


Viktor Kumikov: "Bizga juda zarur bo'lgan ijobiy natijani qo'lga kiritdik"
Pro liga 7-turi doirasidagi "Andijon" – "Mashal" (2:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlarini bildirdi.
- O'yin haqida
- Qiyin uchrashuv bo'ldi. Har ikki jamoa Superligaga chiqish uchun astoydil kurashmoqda. "Mashal" bejiz Pro ligada 1-o'rinda emasdi, shu paytgacha mag'lub bo'lishmagandi. Bizga juda zarur bo'lgan ijobiy natijani qo'lga kiritdik, bundan quvonsak bo'ladi. Bizda talaygina imkoniyatlar bo'ldi. Birinchi taymda etiborni yo'qotib, gol o'tkazib yubordik.
- O'yindan qoniqdingizmi?
- G'alaba qozonsak, har doim mamnun bo'laman.
- Nega asosiy darvozabon sifatida Xurshid Xo'jaevni maydonga tushirdingiz?
- CHunki bizda ikki nafar yaxshi darvozabon bor. Keyingi safar balki Adhamovga imkoniyat berarmiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar