Viktor Kumikov: "AGMKni ikki futbolchi tark etdi"
31 may 2018 07:55
Yangiliklar


Viktor Kumikov: "AGMKni ikki futbolchi tark etdi"
O'zbekiston Kubogi 1/8 finalining AGMK – “Nasaf” (2:1) uchrashuvi nihoyasiga etgach. Matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Anjumanning dastlabki qismida “AGMK” jamoasi bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.
Viktor Kumikov – Albatta g'alaba qozonish yoqimli. Bu g'alabadan so'ng ruhiy holatimiz ham, kayfiyatimiz ham yuqori bo'ladi. Bizga ruhiy kuch beradi. Keyingi uchrashuvlarda gol ura olmaganimiz muvaffaqiyatsizliklarimizga sabab bo'layotgan edi. Bugun yigitlarimiz buni uddalashdi. O'zlariga bo'lgan ishonch paydo bo'ldi. Hali finalgacha ko'p, qator o'yinlarni o'tkazishimizga to'g'ri keladi.
Biz Lufulla To'raevga javob berdik, u Malayziyaga yo'l oldi. O'zaro tuzilgan shartnomada bu ko'zda tutilgan edi. CHemirtan ham jamoamizni tark etdi. Uning o'zi javob berishimizni so'radi. U Moldaviyaga uyiga ketdi. Bu malumotlarni rasman tasdiqlayman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar