So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Viktor Jalilov: "Quvondiq Ro'ziev o'yin tempiga ulgura olmagani uchun almashtirildi" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Quvondiq Ro'ziev o'yin tempiga ulgura olmagani uchun almashtirildi"

Coca Cola Superliga 18-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “lochinlar” ustozi Viktor Jalilov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

 Ehtimol, bugungi o'yin u qadar tomoshabop kechmagandir, lekin keskin kurashlarga boy bo'ldi. Jamoalar qaysi pog'onadan joy olgan bo'lmasin, barcha o'yinlar juda og'ir kechmoqda. O'ylashimcha, bugungi durang adolatli bo'ldi. “Paxtakor”da ham, bizda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi, - deydi Viktor Jalilov.

- Quvondiq Ro'zievning almashtirilishi nima bilan bog'liq?

- U o'yin tempiga ulgura olmadi, natijada u joylashgan qanotdan bir nechta hujumlarni o'tkazib yubordik. Bunday holat hamma futbolchilarda uchraydi. SHu bois, o'zgarish qilishga majbur bo'ldik. Safimizda bu qanotda o'ynaydigan futbolchilar etarli. Zaxira almashishi o'z so'zini aytdi, deb o'ylayman, o'yinimiz kuchaydi. Qanotlardan qarshi hujumlar uyushtirdik. Ushbu chiziqdagi o'yinni tenglashtirishga erishdik.

- Mutaxassis sifatida muxlislarsiz futbolga qanday qaraysiz?

- Albatta, hammaga qiyin bo'lyapti, muxlislarga ham, futbolchilarga ham. Muxlislar yo'qligida o'yinchilar psixologik tomondan juda katta ruhiy energiya sarflashadi. Bugun stadionda muxlislar bo'lganida, gollar ham ko'rarmidik. Menimcha, o'yinlarda sermahsullikning pasayishi muxlislarning yo'qligi bilan bog'liq. Ishqibozlar hujumdagi harakatlarga undashadi, o'yindagi shiddat ortadi, albatta, muxlislarning yo'qligi futbol, umuman, sport uchun katta yo'qotish. Lekin shunga ko'nishdan o'zga chora yo'q, bundan hech qayoqqa qochib bo'lmaydi. Har holda, hissiyotlardan ko'ra, insonlar salomatligi ustun.

- Bugungi o'yinda “Navbahor” dastlab shiddat bobida “Paxtakor”dan ustun ko'rindi. Lekin vaqt o'tgani sari maydon egalaridagi mudroq harakatlar sizlarga ham yuqqandek ko'rindi...

- “Paxtakor” – juda kuchli jamoa. Ular tarkibdagi futbolchilari bilan o'yin tempini nazorat qila olishadi. Ha, biz qaysidir daqiqalarda tezkor hujumlar orqali vaziyatni o'zgartirishga harakat qildik. SHu bois, “Paxtakor” ham bizning o'yinimizga moslashishga intildi, tavakkal oldinga intilmadi, tartibli himoyalandi. Umuman, bugun har ikki jamoa hujumga qaraganda, mudofaadagi ishonchli harakatlar bilan ko'proq ajralib turdi. Ochiq o'yin ko'rmadik, chunki “Paxtakor” bilan bunday o'ynab bo'lmaydi. Biz ham raqibni o'rganamiz, qaysi hududlarni, qaysi futbolchilarni yopish kerakligini bilamiz. Futbolda ro'y beradigan voqealarni oldindan aytib bo'lmaydi. Qaysidir vaziyatlar ajoyib chiqadi, qaysidir holatlarda esa harakatlar o'xshamaydi. Umuman olganda, yigitlar strategik tomondan bugungi o'yin uchun o'ylagan rejamizni amalga oshira olishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика