Viktor Jalilov: "Oxirgi daqiqalargacha keskin kurash kechdi"
02 apr 2021 21:25
Yangiliklar
Viktor Jalilov: "Oxirgi daqiqalargacha keskin kurash kechdi"
- O'yin haqida
- O'yin har ikki jamoa uchun qiyin o'tdi. Oxirgi daqiqalargacha keskin kurash kechdi. Gol urishimiz mumkin edi, biroq omad kelmadi. SHu kabi mag'lubiyatlar ham uchrab turadi.

- Jamoangiz aynan qaysi jihati bilan raqibga yutqazdi?
- Ko'p jihat bo'yicha mag'lub bo'ldi. Yakkakurashlarda imkonni boy berdik. O'ylashimcha, teng o'yin bo'ldi, biroq yutqazdikmi, demak, ko'plab vaziyatlarda mag'lubiyatga uchradik.
- "Navbahor" o'yinchilari ayrim vaziyatlarda tartibsiz harakatlanishdi. Bunga qanday izoh berasiz?
- O'ylaymanki, sezilarli darajadagi tartibsizlikka yo'l qo'yilmadi. Tezroq mag'lubiyatdan qutulib qolish yo'lida harakat qilishdi. Qaysidir jihatdan fojiali tarzda mag'lub bo'lganimizni ko'rmadim.
- Solovyov bugun nega o'ynamadi?
- Solovyovda kichik jarohat bor, shu bois uni maydonga tushirib, tavakkal qilishni xohlamadik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar