So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  9 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

Viktor Jalilov: "O'sha paytda namanganlik futbol muxlislariga ajoyib onlarni tuhfa etgandik" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "O'sha paytda namanganlik futbol muxlislariga ajoyib onlarni tuhfa etgandik"

Namangandagi "Navbahor"ning O'zbekiston chempion bo'lganiga 20 yil to'lishi munosabati bilan bayram dasturi bo'lib o'tmoqda.

Biz esa o'sha chempion tarkibda bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan Viktor Jalilov bilan suhbatlashdik.

-Viktor Romanovich, tarixiy g'alabaning 20 yilligi bilan tabriklaymiz. O'sha paytdagi shogirdlarni ko'rib ko'nglingizdan nimalar o'tmoqda?
-Albatta, rahbariyatning ushbu sanani eslagani juda yoqimli. Bu nostalgiya. Haqiqiy bayram. O'sha paytda namanganlik futbol muxlislariga ajoyib onlarni tuhfa etgandik.

-Ushbu tarixiy chempionlikning asosiy sababi nimada deb o'ylaysiz?
-CHempionlikda ko'pchilikning hissasi bor. Ayniqsa Hakimjon Hoshimovning sharofati bilan o'sha tarkib saqlab qolingandi. Mustaqillikdan so'ng tarkibni, jamoani, klubni saqlab qolib, uni kuchaytirish 1996 yilda o'z natijasini bergan. Magomedov, Denisov kabi tajribali futbolchilar ham safimizda bo'lgan. SHuningdek, SHackix, Musaboev, Madrahimov, Dilmuhammedov kabi o'yinchilar ham yuqori saviyada o'yin namoyish etganlar. Barcha futbolchilar bir birini tushunib harakat qilardilar. Bu esa o'z mevasini bergan.



-Ko'pgina futbolchilar terma jamoada ham o'ynardilar o'sha paytda...
-Ha, albatta. Deyarli 40 % - 50 % futbolchilarimiz turli paytlarda terma jamoada o'ynaganlar. Farhod Magomedov, Ilhom SHaripov, Oleg SHackix, Musaboev, Marufalievlar ham bosh jamoamizdan chaqiruv olgandilar.

-Ushbu futbolchilar bilan birga ishlash sizga oson bo'lgandir?
-Futbolda oson ish bo'lmaydi. Doimo, qiyinchiliklar, mag'lubiyatlar bo'lib turadi.

-O'sha yillari asosiy raqib "Neftchi" hisoblanardi...
-Ha, aynan o'sha paytda asosiy raqobat bo'lgandi ikkita jamoa o'rtasida. Aynan ulardan chempionlik unvonini olib qo'yganmiz.

-O'sha vaqtdan beri nimalar o'zgardi?
-Juda ko'p narsa o'zgardi. Menga yoqqan tomoni, jamoa o'z ananalarini saqlab qoldi. "Paxtakor", "Neftchi"lar bilan birgalikda "Navbahor" ham muntazam tarzda Oliy ligada ishtirok etib kelmoqda.



Kamoliddin Alimov suhbatlashdi
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика