So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Viktor Jalilov: "Faqat penaltidan emas, o'yindan ham gol ura olishimiz mumkinligi meni xursand qildi" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Faqat penaltidan emas, o'yindan ham gol ura olishimiz mumkinligi meni xursand qildi"

Namanganning "Navbahor" jamoasi Superliganing ikkinchi turida Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.




Ushbu uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bunga qadar ikki jamoa ham dastlabki turlardagi mag'lubiyatdan so'ng yaxshi holatda emasdi. Futbolchilarning imkoniyatlaridan kelib chiqib mag'lubiyatning o'rnini to'ldirishga harakat qildik. Xuddi biz kabi raqib ham g'alaba uchun intildi. Ushbu g'alaba jamoamizga ruhiy ko'tarinkilik berishi tabiiy. O'ylaymanki, bugungi shiddatlarga va kurashlarga boy o'yin muxlislarga manzur keldi. Faqat VAR yoki penaltidan emas o'yindan ham gol ura olishimiz mumkinligi meni xursand qildi. G'alabadan xursandman, yigitlar maydonda borlarini berishdi. O'z maydonimizda "So'g'diyona" bilan kechgan bahsda ham ko'p vaziyatlar yaratgan edik. Lekin foydalanishga kelganda oqsagandik. Bugun esa omad ham kulib boqdi. "Lokomotiv" haqida ijobiy fikr bildirishim mumkin. O'yinni yaxshi yo'lga qo'ya olishgan. Murabbiy imzosi ko'rinib turibdi. Ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirdik. Bu esa o'z so'zini aytdi. Umuman olganda biz g'alaba to'pini urishga yaqin kelayotgandik",- deydi Viktor Jalilov.

- O'zbekiston Superligasidagi uchrashuvlarda qo'llanilayotgan VAR tizimi haqida nima deya olasiz? Bugun ham darvozalarga penaltilar VAR orqali belgilandi...
- Xalqaro o'yinlarda qo'llanilayotgani kabi bizning chempionatimizda ham ushbu tizim ishlamoqda. Bu borada mutaxassislar bor. Deyarli ikki yildan beri qolgan chempionatlarda ham VAR tizimidan foydalanilmoqda. Agar har bir o'yinda yo'lga qo'yilsa hakamlarga qulaylik olib keladi. Hech narsa birdaniga amalga oshmaydi.

O'yin davomida yo'lga qo'yilgan xatolarni tahlil qilamiz. Xotirjam ko'rib chiqamiz. Futbolchilarim ikkinchi bo'limda g'alabani ko'proq istashdi. Bu borada kiyinish xonasida aytib o'tdik, buni ular his qilishdi. Biz g'alaba qozondikmi, demak raqibga qaraganda kamroq xato qilgan bo'lamiz.


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика