So’nggi yangiliklar

13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  0 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2

Viktor Jalilov: "Endigi raqiblarimiz Yaponiya, Avstraliya, Qatar..." Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Endigi raqiblarimiz Yaponiya, Avstraliya, Qatar..."

Biz Toshkentdagi yig'in yakunida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilovning fikrlari bilan qiziqdik.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Toshkentda tashkil etgan qisqa muddatli o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunlandi. FIFA kunlaridan unumli foydalanib qolish maqsadida tashkil etilgan yig'in “Jar” stadionida o'tkazildi. Viktor Jalilov shogirdlari besh kunlik yig'in mobaynida bitta o'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushishdi. 11 oktyabr kuni soat 11.00da aynan “Jar” stadionida boshlangan o'yinda olimpiyachilarimiz Namanganning “Navbahor” klubini kichik 1:0 hisobida mag'lub etishdi. Biz Toshkentdagi yig'in yakunida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni reja asosida davom ettiryapmiz, - deya so'z boshladi V.Jalilov. - Toshkentda o'tkazilgan o'quv-mashg'ulot yig'inimiz ham ana shu tayyorgarlikning bir bo'lagi xisoblanadi. Endi bu galgi qisqa muddatli mashg'ulotlarimiz asosan terma jamoaga nomzod futbolchilarning bugungi holatini yana bir nazoratdan o'tkazib olishimizga xizmat qildi. Baribir klubdagi mashg'ulot, unga yondashuv bilan terma jamoadagi talab o'rtasida katta farq bor. SHu bois, futbolchilarni yana bir bor to'plab, ularning holatlarini ko'rib oldik. Nazariy mashg'ulotlarda har bir futbolchiga ko'proq nimalar ustida ishlash kerakligini aytdik. Bundan buyon Osiyo chempionatiga borgan sari vaqt kam qolib boraveradi. Tezroq Qatarga boradigan tarkibni aniqlab olishimiz kerak. CHunki, Dubaydagi ikkita yig'inda ixcham holatga kelgan tarkib bilan mashg'ulot o'tkazamiz. BAAga 40 nafar futbolchini olib borolmaymiz. SHuning uchun ham, Toshkentdagi bu qisqa muddatli yig'in bizga juda ham kerak edi. Murabbiylar shtabi bilan yig'in yakunlanlarini tahlil qilib, hozirgi tarkibdagi ayrim o'yinchilarga javob beramiz. Qolganlari bilan esa qita chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiramiz.


- “Navbahor”ga qarshi kechgan uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?
- Guvohi bo'lganingizdek, ikki bo'limda ikki xil tarkibni maydonga tushirdik. Birinchi bo'limda “Navbahor” futbolchilarining jismoniy holati yaxshiroq bo'lgani uchun o'yin deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Tanaffusdan keyin biz tarkibni butunlay o'zgartirdik, maydonga 11 nafar yangi futbolchini tushirdik. “Navbahor” murabbiylari esa deyarli o'sha birinchi bo'limdagi tarkib bilan tushishdi. SHu bois ham ikkinchi bo'limda bizning futbolchilar raqib o'yinchilariga qaraganda tetikroq ko'rinishdi. Raqib futbolchilari jismonan charchab qolishdi. Lekin bizning o'yinchilar bundan foydalana olishmadi. Qancha havfli vaziyatlar yuzaga keltirildi. Ammo, goldan darak bo'lmadi.  

- Aynan shu haqida so'ramoqchi bo'lib turgandim. Ikkinchi bo'limda birgina SHohnazar Norbekovning o'zida ikkita qulay vaziyat yuzaga keldi. Qolgan futbolchilarimiz ham bir necha bor deyarli ochiq qolgan darvozaga to'p kirita olishmadi. Bunday xatolarni “Navbahor” kabi jamoalar kechirishi mumkin, lekin Janubiy Koreya emas. Bu borada fikringiz qanday?
- Afsuski shunday. Fikringizga to'liq qo'shilaman. Bunday vaziyatlardan maksimal darajada foydalanish kerak. Nafaqat Koreya, balki guruhdagi qolgan raqiblarimiz ham buni kechirishmaydi. Demak, hali ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor ekan. Endi Dubaydagi yig'inimizda bu kamchiliklar ustida to'laqonli ishlashimiz mumkin. Hujumchi degan sovuqqon bo'lishi kerak. Ko'ngil bo'shlik qilib o'tirilsa, bu bizning zararimizga ishlashi tayin.

- Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Jamshid Iskandarovni maydonga tushirdingiz. Uning bugungi holati qanday?
- Jamshidning hozirgi tayyorgarligini 70-80 foizga baholashim mumkin. Agar o'zini ruhiy tomonlama tayyorlay olsa, tez orada yana terma jamoamizga katta foyda keltira boshlashiga shubham yo'q. Iskandarovga o'xshagan istedodli futbolchilar juda ham kam. Afsuski, uning jarohati pand berib qo'ydi. U uzoq muddat maydondan tashqarida qolib ketdi.


- Navbatdagi yig'in qachon o'tkaziladi?
- Menimcha, katta ehtimol bilan noyabrda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil eta olmasak kerak. CHunki, chempionat o'yinlari hal qiluvchi palaga kirgan bo'ladi. Ochko hamma jamoaga suv va havodek zarur bo'lgan bir paytda terma jamoaga nomzod futbolchilarni chaqirtirish ham to'g'ri emas. Qolaversa, mavsum oxiri, futbolchilarga biroz bo'lsada hordiq chiqarishlari uchun imkoniyat yaratib berishimiz kerak. Ular robot emasku! Yuqorida aytganimdek, asosiy yig'inimiz dekabr oyida bo'ladi. Avvaliga 2-14 dekabr kunlari ilk ikki haftalik mashg'ulotimiz Dubayda tashkil etiladi. Keyin ikki kunga Toshkentga qaytib, qisqa fursat futbolchilarga dam berib, yana BAAga qaytamiz. Ikkinchi yig'in 17-28 dekabr kunlariga mo'ljallangan. Bu ikki yig'in terma jamoamiz uchun juda ham muhim hisoblanadi.

- Bu yig'inlar doirasida o'rtoqlik uchrashuvlarining o'tkazilishi rejalashtirilganmi?
- Albatta. Terma jamoalar markazi jami 7ta o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgan. Deyarli 90 foizga raqib jamoalar nomi ham malum.

- Masalan, qaysi terma jamoalar bilan o'ynaymiz?
- Avstraliya, Yaponiya, Qatar olimpiya terma jamoalari bilan aniq o'yinlar belgilangan. SHu kunlarda qolgan raqiblar bilan ham o'yin kunini kelishib olamiz. SHundan so'ng sizga qolgan jamoalar haqida ham malumot berishim mumkin. Balki, BAAning o'zidan ham jamoa bo'lar. Dekabr oyida Osiyo chempionatida ishtirok etadigan aksariyat terma jamoalar aynan Dubayda tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazishadi. SHunday ekan, o'rtoqlik uchrashuvlari masalasida hech qanday muammo bo'lmaydi, degan umiddaman.   

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика